Turkiya elchisining Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga tashrifi

Turkiya elchisining Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga tashrifi

      Maʻlumki xalqaro aloqalarni kengaytirish , institutimiz xodimlarini xorijga xizmat safarlari va malakalarini oshirish, shuningdek xorijiy davlatlarning nufuzli tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv muassasalari, klinikalaridan  professorlar va  shifokorlarni institutimizga xamkorlikda loyixalar tuzish va amalga oshirish  maqsadida kelishlarini taʻminlaydi.

          18 may 2018 yil Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasining elchisi Buyuk elchi janobi Axmet Bashar Shen va  taʻlim maslaxatchisi Ali Eyupxodjaning  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  rektori professor Xabibulla Ataullaevich Akilov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hozirda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari jadallik bilan o‘sib bormoqda, bu barcha sohalarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  rektori professor Xabibulla Ataullaevich  o‘zbek va turk xalqini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turishini  aytib o‘tdilar. Shuningdek har ikki xalq ham turkiy tilda so‘zlashuvchi davlat bo‘lib, ularning maʻdaniyati, dini va urf-odatlari bir-biriga juda yaqinligini takidlab o‘tdilar. Institutimiz tarixi, o‘quv tizimi jarayoni va hozirgi kunda o‘z faoliyatini olib borayotgan 49 ta kafedra va 5ta kurs , tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlarimiz haqida ham  fikrlar bildirildi.  Qolaversa, Turkiyaning rivojlanayotgan tibbiyot sohasidagi ibratli yutuqlarini o‘rganish, xamkorlikda ishlash va sog‘liqni saqlash  yo‘lida olib borilayotgan islohatlarda ushbu mamlakatning ilg‘or tajribasidan foydalannish  mamlakatimizning manfaatlariga to‘liq mos tushadi.Tashrif doirasida Turkiya elchixonasining elchisi Buyuk elchi janobi  Axmet Bashar Shen Turkiya davlatidagi tibbiyot sohasiga qaratilayotgan eʻtibor, aynan AQSh, Angliya, Germaniya tajribasini Anqara, Bursa, Istanbul klinikalarida joriy qilinganligi va diplomdan so‘ngi o‘qish uchun xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun ko‘plab tibbiyot oliygoxlari talabalarini yuborish orqali tibbiyot sohasida  bunday yuqori natijalarga erishilganligini aytib o‘tdilar.

   Ushrashuv davomida shuningdek ToshVMOIning  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor  M.S.Qosimova, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor professor Sh.E.Ataxanov,   xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘iA.A.Qodirov , Masofaviy o‘qitish markazi raxbari professor D.A.Zaredinov lar ham qatnashdilar. Tashrif davomida Turkiya davlati tibbiyot oligoxlari talabalari  va klinikalari shifokorlari bilan kelajakda keng istiqbolli xamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv jarayonini  masofaviy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shaxrining bir gurux shifokorlari kuzatib turdilar  va o‘z fikr-muloxazalarini bildirdilar.

          Tashrif yakunida  Buyuk elchi janobi Axmet Bashar Shenga institutimiz tamonidan minnatdorchilik izxor qilindi. Kelajakda O‘zbekiston-Turkiya davlatlari o‘rtasidagi tibbiyot sohasi xamkorlik munosabatlari yanada yuqori darajalarga chiqishi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivojlanishi aniq.