Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida «Katarakta va Refraktiv jarrohlik» mavzusida 3 kunlik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi.

Konferensiya kun tartibida oftalmologiyaning katarakta va refraktiv jarrohlik yo’nalishida qo’lga kiritilgan yutuqlar, dolzarb muammolar va ularning yechimlari hamda mutaxassis ish faoliyatida kuzatiladigan noyob holatlar haqida muxokamalar o’rin olgan.  Ilmiy – amaliy konferensiyaning tashkilotchilari sifatida Turkiya Respublikasi  tarafidan “Turkiy Davlatlar oftalmologlari Jamiyati “, TIKA hamkorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi tarafidan esa Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Respublika ixtisoslashgan ilmiy – amaliy Ko’z Mikrojarrohlik Markazi ishtirok etmoqda.