YILNING ENG FAOL 14 HAMSHIRASI

Bugun 13 iyun 2018 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti anjumanlar zalida “Hamshira – 2018” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar hamshira qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston  Kasaba uyushmasi respublika  kengashi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Oliy maʻlumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi va O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi xamkorlikda tashkil etilgan.