“Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti bilan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining xalqaro hamkorlik strategiyasi: ichki va tashqi tajriba”

“Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti bilan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining xalqaro hamkorlik strategiyasi: ichki va tashqi tajriba”

       21 iyul 2018 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti bilan xalqaro  hamkorlik seminari bo’lib o’tdi.  ToshVMOI rektori professor X.A.Akilov, ToshVMOI o’quv ishlari bo’yicha prorektori professor  M.S.Kasimova, ilmiy ishlar buyicha prorektor professor SH.E.Ataxanov   hamda O’zbekistondagi KOICA ofisi direktori janob Son Song Il kirish so’zlari bilan marosimni ochib berdilar.Shundan so’ng loyiha rahbari Yonsei universiteti tibbiyot kolleji  professori janob Yong Tey Sun “O’zbekistonda yuqumli kasalliklarni tashxis qilish  sifatini yaxshilash (suv va oziq-ovqat etkazib berish yo’li bilan yuqadigan infektsiyalarni nazorat qilishni takomillashtirish)” mavzusidagi ma’ruzasini ishtirokchilar e’tiboriga ga havola etdilar. ToshVMOI “Epidemiologiya” kafedra mudiri professor G.T.Iskandarova ToshVMOI o’quv dasturida “Suv ​​va oziq-ovqat mahsulotlari orqali o’tadigan ichak infektsiyalarining epidemiologiyasi” mavzusidagi takomillashtirilgan dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish mavzuidagi ma’ruzalarini seminar qatnashchilariga o’qib eshittirdilar.Tadbir davomida Virusologiya instituti  professori X.M.Mustafaev o’zlarining  “Suv va oziq-ovqat orqali o’tadigan ichak infektsiyalarining epidemiologiyasi” bo’yicha birgalikda ishlab chiqilgan dasturning dolzarbligi haqidagi ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

      ToshVMOI “ Epidemiologiya” kafedra assistenti N.T.Zoirova “O’zbek mutaxassislarining yuqumli kasalliklar epidemiologik kuzatuvi, Koreyadagi treninglar davomida bilim va ko’nikmalarini takomillashtirish” mavzusidagi ma’ruzalarini seminar ishtirokchilariga o’qib eshittirdilar.Tadbir davomida Kyungpub milliy universiteti tibbiyot fakulteti  professori Li Sung Kuk “Koreyaning yuqumli kasalliklar epidemiologik kuzatuvini o’tkazish va yangi infektsiyalarning tarqalishiga tayyor bo’lish amaliyoti” mavzusidagi ,ToshVMOI “Epidemiologiya” kafedrasi dotsenti J.A.Raxmanova “Epidemiologiya kafedrasi kursantlarni tayyorlash bo’yicha yangi dasturni joriy etish va ularning faoliyatini o’rganish” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.