Dori allergiyasi kelib chiqish havfini bashorat qilish usuli topildi

Dori allergiyasi kelib chiqish havfini bashorat qilish usuli  topildi

           Amalda har qanday dori preparati allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari, antiseptieklar, vitaminlar, novokain va boshqa preparatlar ishlatilganda allergik reaktsiyalar ko‘p uchrab turadi. Uzoq muddat og‘riq qoldiruvchi dorilarning keng qo‘llanilishi ham  salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Baʻzi bir dori maxsulotlari allergiya keltirib chiqaribgina qolmay ,baʻzan o‘lim xolatigacha olib boradi. Shuni eʻtiborda tutish lozimki ushbu tur allergik reaktsiyalar jumladan dori allergiyasini oldindan ko‘ra bilmaslik va uning dori vositasini dozasiga bog‘liq emasligi ushbu tur allergik reaktsiyalarini oldindan ko‘ra bilish va oldini olish imkonini yo‘qqa chiqarar edi.  Shuning uchun ham amaliyotda shifokor olib borilayotgan dori vositalari ishtirokidagi  polifarmakoterapiya mobaynida ushbu allergik reaktsiyalani oldini olishi mushkul vazifa edi. Hozirda dori vositasini odam organizmiga taʻsir etishi, dori allergiyasi kelib chiqish xavfini bashorat qilish usuli topildi. Bu ixtiro mualliflari  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri proffesor, tibbiyot fanlari doktori  Mavlyanov Iskandar Raximovich, klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti tibbiyot fanlari doktori Ashirmetov Abdurashid Xamidovich, klinik farmakologiya kafedrasi assistenti PhD Mavlyanov Zafar Iskandarovich. Ular  bu ixtiro yuzasidan tadqiqotlar olib borishlari natijasida , dori allergiyasi kelib chiqish xavfini oldini olish , undan allergiya yuzaga kelmasdan oldin bu xavfni bashorat qilish  usulini  ixtiro qilishdi. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan bu ixtiroga patent olindi.