Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) o‘rtasidagi o‘zaro memorandum imzolash tadbiri

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) o‘rtasidagi o‘zaro memorandum imzolash tadbiri

        10 avgust kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) o‘rtasidagi o‘zaro memorandum imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.  Mexmonlar iliq va samimiy kutib olindi. Tadbirda ToshVMOI rektori professor Akilov X.A., o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor Kasimova M.S, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i  Kadirov A.A. o‘z  xodimlari bilan , Jarroxlik fakulteti dekani dotsent Kariev S.S,Pediatriya fakulteti dekani Saidazizova Sh.X. hamda Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi vakillari, rejalashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, vazir o‘rinbosari janob Kim Ganglip, Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha departament direktori Li Xyunju, Xalqaro xamkorlik bo‘limi direktorining o‘rinbosari Li Xeyxyu, Xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi vakillari, Strategiyani rejalashtirish bo‘yicha bosh direktor Kim Xyun Kyong, KOFIH ning O‘zbekistondagi ofisining loyihalar bo‘yicha maslaxatchisi Yo Vuk Jin, “Doktor Li Jong Vuk jamoasi”,jamoaviy ishlar bo‘yicha direktori Pak Bo Kyung lar qatnashdilar.

                              

       Tadbirni institut rektori professor X.A. Akilov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.Shundan so‘ng Jarroxlik fakulteti dekani dotsent Kariev S.S institutimiz tarixi, tuzilmasi va unda faoliyat yuritayotgan xodimlar , diplomdan so‘nggi o‘qish, vrachlarning malaka oshirishlari  haqida so‘zlab berdi .

      Tadbir davomida KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) ning loyihasining asosiy maqsadlari haqida to‘liq maʻlumot berildi. KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) ning asosiy maqsadi bu rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi xalqaro xamkorlikdagi loyixalarni amalga oshirish , ularni qo‘llab quvvatlash va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ona  va bola  sog‘lig‘ini saqlash va ularning farofonligini taʻminlash  loyixaning asosiy qismi hisoblanadi. Shuningdek loyiha  sil kasalligini oldini olish, ona va bola salomatligi, operatsiya jarayonlarini oxirgi kelajak tibbiyot asbob-uskunalari bilan taʻminlash, ular  haqida to‘liq maʻlumot berish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etishga qaratilgan. Yana Koreyadagi “Doktor Li Jong” stipendiyasi bo‘yicha grantlar ajratilganligi, tibbiyot muassasalari talabalar va shifokorlanining o‘zaro tajriba almashishlari, istiqbolli rejalar asosida ishlash buyicha loyihalar haqida ham maʻlumot berildi. Hozirda mazkur loyihada o‘zbek talabalari ishtiroki haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

      Tadbir so‘ngida Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va KOFIH (Koreya Xalqaro Solomatlik Fondi) o‘rtasidagi o‘zaro memorandum imzolandi. O‘zbekiston va Koreya mamlakatlari o‘trasida inson salomatligiga qaratilgan  loyixalar bilan ishlash  ayni muddao hisoblanadi, shuningdek, sog‘liqni saqlash ehtiyojlariga to‘liq javob berdi. Kelajakda mazkur imzolangan memorandum o‘zining natijasini berishiga qattiq ishonch bildirildi.