Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida og’zaki (suhbat) imtihoni boshlandi (foto)

      Bugun, 24-avgust kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ilk og’zaki imtihon (suhbat) boshlandi.

     Og’zaki imtihonda tuman deputatlari va mahalla raislari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqdalar. Xususan, ular orasida Mahalla rayisi Jabborov Komil Abdurahmonovich va boshqalar ishtirok etmoqdalar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha (Anesteziologiya va reanimatologiya, Bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, Umumiy xirurgiya, Bolalar xirurgiyasi, Akusherlik va ginekologiya, Urologiya) mutaxassislar jalb etilgan.

  

     Bir abituriyentdan 2 nafar mutaxassis imtihon olmoqda. Auditoriyalarga kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, tashqarida ota-onalar imtihon jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishmoqda. Abituriyentlar hayajon bilan suhbat imtihoniga o‘z navbatlarini kutmoqdalar. Bo‘lajak yosh Klinik ordinatorlar nigohida o‘ziga bo‘lgan ishonchni sezish mumkin.

  

«Ordinator bo‘laman» deb bel bog‘lagan abituriyentlarni yana test sinovlari kutmoqda.