Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamda Koreya Xalqaro Xamkorlik Agentligi (KOICA) mutaxassislarining uchrashuvi

     Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  hamda Koreya Xalqaro Xamkorlik Agentligi (KOICA)  mutaxassislarining uchrashuvi

        2018yil 17 sentyabr kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  hamda Koreya Xalqaro Xamkorlik Agentligi (KOICA)  mutaxassislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ToshVMOI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, prof. Qosimova M.S, “Jarohlik” fakulteti dekani dots. Kariev S.S., “Pediatriya” fakulteti dekani dots. Saidazizova Sh.X., “Pediatriya” kafedrasi mudiri  va Xalqaro bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ToshVMOI bilan Koreya Xalqaro Xamkorlik Agentligi (KOICA) Sog‘liqni saqlash tizimi sohasidagi  mavjud loyiha doirasidagi  ishlarining tarkibiy qismlari  aniqlash bo‘yicha, shuningdek o‘zaro xamkorlikni kengaytirish  haqida muhokamalar qilindi. Ushrashuv har ikki tomon uchun juda samarali va istiqbolli bo‘ldi.