“Sog‘liqni saqlash tizimida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi

ZAMONAVIY SHAROITLARDA ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

2016 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida “Sog‘liqni saqlash tizimida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rahbarligi ostida o‘tkazildi. Anjuman ishida O‘zbekistonlik 200 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi yetakchi olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar o‘zlarining ilmiy maʻruzalari bilan ishtirok etdi.

12 dekabrda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti katta zalida anjumanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda anjuman mehmonlariga tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Fan va o‘quv yurtlari bosh boshqarmasi boshlig‘i U.S.Ismailov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar rivojlanish istiqbollari va yutuqlari haqida so‘z yuritib, bunday ilmiy anjumanlarning o‘tkazilishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini taʻkidladi.

Shuningdek, U.S.Ismailov mustaqillik yillarida O‘zbekistonda taʻlim tizimini isloh etish, shu jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligini taʻkidladi. O‘qituvchilik faoliyatini rag‘batlantirish, pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini birgalikda muvaffaqiyatli olib borayotgan novatorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bakalavr-magistr mutaxassislarni tayyorlashning ikki bosqichli modelga o‘tish munosabati bilan O‘zbekistonda oliy malakali kadrlar tayyorlashga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Chunki kadrlarni kasbiy tayyorlash Respublikada davlat siyosatining asosiy ustuvor vazifalari qatoriga kiritilgan.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligi ostida oliy taʻlimdan keyingi taʻlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yangi global imkoniyatlar sharoitida taʻlim strategiyasi haqidagi ilmiy va taʻlim hamjamiyatida yo‘nalishlarning takomillashishiga imkon berdi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalari hamda mamlakatda o‘tkazilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar, ilg‘or xalqaro tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda oliy taʻlimdan keyingi taʻlim tizimini tubdan isloh etish, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy va amaliy ahamiyati, ularning sifatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 24 iyulda oliy taʻlim muassasalarida oliy taʻlimdan keyingi taʻlimni tashkil etish tartibini belgilab bergan “Oliy malakasi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4456-sonli Qarori chiqarildi, xalqaro talab va standartlarga muvofiq bo‘lgan himoya va fan doktori ilmiy darajasini berish bilan oliy taʻlimdan keyingi taʻlimning bir bosqichli tizimi joriy etildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, t.f.d., professor D.M.Sabirov o‘zining tabrik so‘zida fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlar davomida yosh olimlar tomonidan olingan yangi ilmiy bilimlarni muhokama etish, taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy omma oldida tadqiqot natijalarini himoya qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, O‘zbekistonning yosh ilmiy elitasini shakllantirish, ilmiy muassasalar va oliy maktab uchun salohiyatli kadrlar tayyorlash mazkur anjumanning maqsadi ekanligini taʻkidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur anjuman oliy taʻlimdan keyingi taʻlim sohasidagi keng islohotlardan so‘ng sog‘liqni saqlash tizimida birinchi hisoblanadi.