O‘zbekiston Respublikasi taʻlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʻlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasining 2018 yil 01 iyundagi № 84-01-3662 sonli xati asosida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, joriy yilning 17 sentyabridan, 29 sentyabrga qadar, tasdiqlangan jadval asosida akkreditatsiya jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.