Hurmatli Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining aziz ayollari!

Hurmatli Toshkent vrachlar malakasini

 oshirish institutining  aziz ayollari!

             2018 yil 2 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi ishlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-5325-sonli Farmoniga binoan hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan oktyabr oyi «Ko’krak saratoni bilan kurashish» oyini e’lon qilganligi sababli, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

             Ko’krak bezi saratonini oldini olish maqsadida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Xotin-qizlar qo’mitasi, Onkologiya kafedrasi bilan hamkorlikda, 2018 yil 12-17 noyabr kunlari institutimizning 40 yoshdan oshgan barcha ayollarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish maqsadida “Ayollar salomatligi haftasi”ni o’tkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan biz sizlarni profilaktik tekshiruvdan o’tishingizni so’raymiz: sut bezlarini ultratovush tekshiruvi va  mammografiya tekshiruvlarini o’tkazish amalga oshiriladi. Tashxis tekshiruvi bepul. Tibbiy ko’rik  ayollarimizning o’z xohishlariga ko’ra  o’tkaziladi.

             Manzil: Respublika ixtisoslashgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshketa filiali, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Onkologiya kafedrasi.

 

Hurmat bilan ToshVMOI Xotin-qizlar qo’mitasi