“Tibbiy profilaktika va umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash” fakulteti uchun “Maʻnaviyat va maʻrifat kuni” o‘tkazildi.

BAYONNOMA №4

15 dekabr 2016 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining anjumanlar saroyida, “Tibbiy profilaktika va umumiy  amaliyot shifokorlarini tayyorlash” fakulteti uchun “Maʻnaviyat va maʻrifat kuni” o‘tkazildi.

   Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil, 20 yanvardagi №34 sonli buyrug‘i qisqacha bayon etildi.

Kun tartibidagi, birinchi maʻruza, tinglovchilarning siyosiy va huquqiy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib “Ona va  bolaning sog‘lom intellektual  rivojlanishi –  mamlakatni barqaror taraqqiy ettirishni muxum sharti” mavzusidagi maʻruza  Institutimizning faxriy professori, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi Saydaxror Saydaxmedovich G‘ulomov tomonidan tinglandi.

    Ikkinchi maʻruza, “Fitoterapiyaning dolzarb masalalari” haqida bo‘lib Xalq tabobati kursi dotsenti Xolmurod Amanovich Dadaev o‘qib eshittirdi.

      Uchinchi maʻruza, «OIV infektsiyasi muammmolari» kursi assistenti Guzal Mannapovna Giyasova tomonidan “Kafedraning tarixi, buguni va istiqbollari” haqida maʻruza taqdim etildi.

«OIV infektsiyasi muammmolari» kursi mudiri, t.f.d., professor Qaxramon Xoldorovich  Yuldoshevning tashabbusi bilan   ijodiy va badiiy uchrashuv tashkil qilindib tadbirning maʻnaviy-badiiy qismiga Xalqaro Axmad Yassaviy mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zlarining mumtoz qo‘shiqlari bilan xalqimizning qalbidan joy olgan xofiz Baxtiyor Xolxo‘jaev tashrif buyurdilar.

ToshVMOI Maʻnaviyat targ‘ibot

Markazi raxbari, dotsent                                                       N.M. Mamatova