Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Pediatriya fakulteti uchun Maʻnaviyat va maʻrifat kuni o’tkazildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES

Kun tartibi:

  1. 8:30- 9:30

“Aholi orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning zamonaviy valeologik yondoshuvlari” – maʻruzachi, Valeologiya kaf. mudiri prof. Sh.B Irgashev.

  1. 9:30- 10:30

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson maʻnfaatlari” yili davlat dasturida belgilangan ustivor yo’nalishlari va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni haqida” – maʻruzachi, Akademik, iqtisod fanlari doktori S.S G’ulomov.

Tanaffus 10:30- 10:45

  1. 10:45-11:05

“O‘zbekistonda fitoterapiyaning dolzarb masalalari” – maʻruzachi dotsent X.A Dadaev.

  1. Madaniy-maʻnaviy uchrashuv. Kontsert.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining anjumanlar saroyida Pediatriya fakulteti uchun  o‘tkazilayotgan Maʻnaviyat va maʻrifat kunida, kun tartibiga qo‘yilgan barcha maʻruzalar taqdim etildi va 14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan madaniy-maʻrifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Pediatriya fakulteti kafedralariga malakasini oshirishga tashrif buyurgan shifokorlar, SSTMvaB kafedrasi bosh shifokorlari va bosh hamshiralar, hamda zaxiradagi bo‘lajak raxbarlar guruxi xam ishtirok etishdi.

Institutimizda maʻnaviyat tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil, 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi PQ№ 451 Prezident Qarori hamda 2014 yil 6 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida gi PQ№2124 Prezident Qarorlariga    asosan o‘tkazib kelinishi ishtirokchilarga bayon etildi. Hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yilda №34 sonli buyrug‘i  haqida qisqacha maʻlumot berildi. Ushbu buyruqqa asosan, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida mazkur buyruqning ijrosiga barcha professor-o‘qituvchilar va tinglovchi shifokorlar rioya qilishlari shart  qilib belgilanganligi. Dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga muvofiq jiddiy, ishchan va didli, ziyoli shaxs qiyofasini shakllantirish maqsadida korporativ kiyinish uslubi talablariga amal qilinishi, Tibbiyot xodimi o‘zini tutish sanʻati hamda muloqot madaniyati va kasbdoshlar o‘rtasida va bemorlar bilan muloqotda hurmat va mehr-muruvvat ko‘rsatishlari lozim ekanligi taʻkidlandi.

 1-maʻruza Valeologiya fani va aholi orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning zamonaviy yo‘nalishlari va shaxsni shakllantirish masalalari” haqida bo‘lib ToshVMOI Valeologiya kafedrasi mudiri, professor Shuxrat Boisovich Irgashev eʻtiboringizga havola etadilar. Maʻruzada aholi orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri  ekanligi va bunda shifokorlarning o‘rni,  Valeologik bilimga ega bo‘lishlari shart ekanligi naqadar muhimligi taʻkidlandi.

  2-maʻruza shifokorlarimizning huquqiy va  siyosiy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson maʻnfaatlari” yili davlat dasturida belgilangan ustivor yo’nalishlari va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga  bag‘ishlangan maʻruzani Institutimizning faxriy professori, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi Saydaxror Saydaxmedovich G’ulomov taqdim etdilar.

10:30-11:45 tanaffus eʻlon qilindi va tadbir ishtirokchilari institutimiz foeyisida tashkil etilgan “Kitobsevarlar” uchun kitoblar yarmarkasiga tashrif buyurishib O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A Karimov asarlari va yangi  adabiyotlardan bahramand bo‘lishdi.

 3-maʻruza “Fitoterapiyaning dolzarb masalalari” haqidagi axborotni Xalq tabobati kursi dotsenti Xolmurod Amanovich Dadaev havola etdi.

O‘zbekiston Qurolli  Kuchlar Armiyasi tashkil topganiga 25 yil to‘lishi, 14 yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligidan qator mexmonlar madaniy-maʻnaviy uchrashuvga tashrif buyurishdi.

  1. Meliboev Anvar Meliboevich isteʻfodagi polkovnik
  2. Dexkanbaev Abubakr Dexkanbaevich isteʻfodagi polkovnik
  3. Bekov Safarali Ibraevich isteʻfodagi polkovnik
  4. Baxrom Murodov isteʻfodagi polkovnik
  5. Urinov Zokirjon Trusunovich, isteʻfodagi podpolkovnik

Isteʻfoda bo‘lishlariga qaramasdan  faol Xalq xizmatida yurgan Vatanimiz posbonlarini “Vatan himoyachilari kuni” kasb bayrami bilan tabriklab, O‘zbekiston Mudofaa Vazirligi Faxriylar Kengashi Raisi,  isteʻfodagi polkovnik Nuriddinov Musalim Sultonovich so‘zga chiqdi.

So‘ngra ToshVMOIda faoliyat yuritayotgan  isteʻfodagi polkovniklar A.M.Meliboev, S.I.Bekovlar O‘zbekiston Qurolli kuchlarini tashkil etilishi tarixi haqida so‘zga chiqdi.

Isteʻfodagi Harbiylarga ToshVMOI jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Demokratik xuquqiy davlatni boshqarishda Siyosiy partiyalarning alohida o‘rni bor. Hozirgi kunda ToshVMOIda O‘zLiDeP va XDP siyosiy partiyalarning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat yuritadi. Tadbirda UzLiDeP shahar va Mirzo Ulug’bek Kengashlari faollari ishtirok etishdi.

Maʻnaviyat uchrashuviga “Adolat” sotsial demokratik Partiyasining yetakchilaridan Toshkent shahar Kengashi Raisi, Amanov Odiljon Karimovich, Ushbu Partiyaning faol aʻzolari taniqli shoir, Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi Muxammad Ismoil, iqtidorli yosh shoirlardan Sherali Sattarov va hushovoz xonanda “Nixol” mukofoti sovrindori Umid Shaxobovlar  tashrif buyurishdi.

“Adolat” sotsial demokratik Partiyasining Toshkent shahar Kengashi Raisi Amanov Odiljon Karimovich so‘zga chiqdi.

So‘ngra taniqli shoir, Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi Muxammad Ismoil mexmonlarni va shifokorlarni Vatan va xalq salomatligi posbonlarini 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni bilan tabriklab, o‘zining ijodidan sheʻrlar o‘qib berdi.

Hushovoz xonanda “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Shaxobov Vatan va Ona haqidagi dilrabo qo‘shiqlari bilan bayram kayfiyatini ulashdi.

Tadbir so‘ngida shoir va sanʻatkorlarga gullar ulashildi. ToshVMOI Maʻnaviyat targ‘ibot Markazi rahbari dotsent Mamatova Nodira Muxtarovna so‘zga chiqib, Maʻnaviyat va maʻrifat kuniga tashrif buyurgan aziz mexmonlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi va tadbirni yakunladi.

 

ToshVMOI Maʻnaviyat targ‘ibot Markazi

rahbari, dotsent                                                          Mamatova N.M.