Hurmatli hamkasblar – portalga tashrif etuvchilar!

Men Sizlarni samimiy qutlagan holda har bir kishi portalga kirganida o’zi uchun institut to’g’risida kerakli axborotga ega bo’lishiga va u nafaqat Sizga qiziqarli, balki amalda foyda keltirishiga umid qilaman. Bizning ishimiz amalda sog’liqni saqlash uchun mutaxassislarni diplomdan keyingi tayyorlashga yo’naltirilgan. Bu ish bilan 80 yildan buyon shug’ullanib kelamiz va jamoalarimizning butun ko’p yillik tarixi mobaynida institut tuzilmasi hamda ish yo’nalishlarini takomillashtirish davom ettirilmoqda. Bugungi kunda ToshVMOI har qanday ixtisoslikdagi vrachga ilg’or tibbiyotga doir eng yangi bilimlarni taklif etishi mumkin. Buning uchun institut ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalari va umumiy amaliyot vrachlaridan tortib sog’liqni saqlashning yuqori bo’g’ini rahbarlarigacha bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashning katta tajribasiga ega.