TERAPIYA fakulteti uchun Ma’naviyat va ma’rifat kuni o’tkazildi.

    Mustaqilligimizning asoschisi, buyuk tarixiy shaxs, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning yorqin xotirasi va Mustaqilligimizning 25 yilligi hamda 4-Dekabr har bir fuqaro hayotida ulkan siyosiy voqea hisoblangan, Prezidentlik lavozimi uchun borayotgan saylovoldi jarayonlari haqida Institutimizning faxriy professori, iqtisod fanlari doktori, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi Saydaxror Saydaxmedovich G’ulomov ma’ruza qildi.
    “Fitoterapiyaning dolzarb masalalari” haqidagi axborotni Xalq tabobati kursi dotsenti Xolmurod Amanovich Dadaev kursantlar e’tiboriga havola etdi.

    Ushbu tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, “Kamalak” nashriyotining direktori, O’ndan ortiq she’riy to’plamlar, bir necha qissa va hikoyalar to’plami muallifi O’KTAMOY XOLDOROVA va ToshVMOI monitoring va ichki nazorat sektori uslubchisi, shifokor-yozuvchi Safarali Ibraevich Bekov bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

    O’zbekiston San’at va madaniyat instituti qoshida tashkil etilgan YoShLAR teatri tomonidan sahnalashtirilgan “MAYSARANING IShI” komediya-spektakli namoyish etildi.