«Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash» mavzusidagi Respublika IV ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi

O‘zR SSVning 2016 yil 30 dekabrdagi 550-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, 2017 yil 20 yanvardagi 8-7-4/92-sonli hamda 2017 yil 3 martdagi 8-8-4/530-sonli «Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash» mavzusidagi Respublika IV ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tganligi to‘g‘risidagi Ko‘rsatma xatlariga asosan Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti rektorati konferentsiyani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita aʻzolari bilan birgalikda  19 may 2017 yil TVMOI katta zalida ushbu konferentsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

TVMOI  prorektori  professor Ataxanov Sh.E. konferentsiya ishida raislik qildi, prezidium aʻzolari etib professor Asadov D.A., professor Zoxidova M.Z., SSV fan va ilm bo‘limi boshlig‘i professor Nabiev T.A. tayinlandi.

Konferentsiyada 465 nafar ishtirokchi, shulardan 42 nafari Tibbiyot OO‘Yu larining UASh tayyorlovchi, diplomgacha va diplomdan keyingi kafedra va kurslar prorektor, dekan, pedagog, professorlari, jumladan TVMOI dan 27 nafar; 70 nafari tashkilotchilar va raxbar shaxslar, 25 nafar katta hamshiralar, 323 nafar UASh lar qatnashdi. Konferentsiya delegatlari qatorida Qoraqapog‘iston Respublikasidan 27, Toshkent shahridan 146, Toshkent viloyatidan 54, Xorazmdan 17, Surxondaryodan 41, Farg‘onadan 30, Andijondan 19, Namangandan 22, Navoidan 15, Qashqadaryodan 20 nafar Buxorodan 16, Sirdaryodan 22, Jizzaxdan 13, Samarqanddan 23, Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga aloqador ishtirokchilar qatnashdi.

Konferentsiyaga tayyorgarlik jarayonida tashkiliy qo‘mita tomonidan 152 ta tezis va 9 ta maqolalar to‘plami chop etildi. Shu jumladan, Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash bobi bo‘yicha 37 ta, Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bobida 8 ta, Noinfektsion kasalliklar bo‘yicha 48 ta, Infektsion kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha 10 ta, Alohida axoli guruxlariga xizmat ko‘rsatish (bolalar, o‘smirlar, qariyalar) bo‘yicha 28 ta, Tug‘ish yoshidagi ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 21 ta tezis chop etildi. Jami konferentsiya ishida o‘z maqola va ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 234 nafar pedagog, olim va tibbiy xodimlar ishtirok etishdi. Ulardan 73% ayollar va 27% erkaklarni tashkil etdi.

Konferentsiyaning plenar yig‘ilishida dastur bo‘yicha kiritilgan barcha maʻruzachilar o‘z vaqtida reglamentga ko‘ra konstruktiv va tanqidiy so‘zga chiqishdi. Konferentsiya maʻruzalari va muxokama bo‘yicha bayonnoma ilovada keltiriladi.

Maʻruzalardan keyingi muxokama davomida delegatlardan 30 dan ortiq savollar kelib tushdi va ularga to‘liq javob berildi.