2017 yil 4-5 aprel kunlari Toshkent va 6 aprel kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Ichki kasalliklar klinikasida kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olishga oid dolzarb masalalar” mavzusidagi IV Respublika kongressi to‘g‘risida HISOBOT

2017 yil 45 aprel kunlari Toshkent va 6 aprel kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Ichki kasalliklar klinikasida kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olishga oid dolzarb masalalar”

mavzusidagi IV Respublika kongressi to‘g‘risida

HISOBOT

 

  1. Konferentsiya mavzusi – “Ichki kasalliklar klinikasida kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olishga oid dolzarb masalalar”
  2. Konferentsiya maqomi – IV Respublika Kongressi
  3. Konferentsiyaning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari:

Ilmiy yo‘nalishi:

  1. Akusherlik-ginekologiya, otorinolaringologiya, gastroenterologiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, pediatriya, pulmonologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash sohasining eng yangi jihatlari
  2. O‘zbekiston Respublikasi amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga davolash va diagnostikaning yangi uslublarini joriy etish

Maqsadi: kundalik vrachlik amaliyotiga davolash va diagnostikaning zamonaviy uslublarini joriy etish, shuningdek, terapevtik yo‘nalish shifokorlari orasida bilim almashish. Dunyo tibbiyot ilmidagi tadqiqotlardagi yangi yo‘nalishlar, asosiy kasalliklarini davolash, profilaktika va tashhisda ilg‘or tibbiyot texnologiyalarining qo‘llanilishining muhim yutuqlarini muhokama etish.

Kongressning vazifalari:

  1. Kundalik shifokorlik amaliyotiga davo va tashhisning zamonaviy uslublarini joriy etish.
  2. Terapevtik yo‘nalish shifokorlari o‘rtasida tajriba almashish.
  3. 3. Ichki kasalliklar klinikasida asosiy ilmiy yo‘nalishlar.
  4. Muhokama qilingan masalalar:
  5. Ichki kasalliklar klinikasida tashhis, davo va profilaktikani optimallashtirish va takomillashtirish
  6. Yurak-qon tomir kasalliklarining zamonaviy farmakoterapiyasi, yurakning ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi.
  7. Nevrologiyadagi yangi texnologiyalar.
  8. Oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolash.
  9. Pediatriya amaliyotida davo va profilaktika.
  10. Ginekologiya amaliyotida diagnostika, davo va profilaktikani optimallashtirish va takomillashtirish.
  11. Klinik endokrinologiyaning zamonaviy yutuqlari.
  12. Konferentsiya ishtirokchilari:

Kongress ishida O‘zbekiston Respublikasining yetakchi olimlari, shu jumladan, ToshVMOI, TTA, ToshPTI, RIKM, RITvaTRIATM, RIPIAM, AndDTI, BuxDTI mutaxassislari ishtirok etdi. Shuningdek, Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi viloyatilaridan mutaxassislar qatnashdi. Toshkent shahrida jami 400 nafar, Buxoro shahrida 300 nafar ishtirokchi qatnashdi.

  1. Konferentsiya yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va qarorlar:
  2. shifokorlarni o‘qitishda yig‘ilgan tarixiy asosli bilimni baholash va undan foydalanish;
  3. tibbiyot ilmi rivojlanishi va amaliy sog‘liqni saqlashga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
  4. shifokorlarni o‘qitish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish istiqbolini aniqlash;
  5. Qabul qilingan qarorlar va tavsiyalardan foydalanishda kutilayotgan natijalar

– ko‘p tarqalgan va kam uchraydigan kasalliklar farmakoterapiyasi va diagnostikasida erishilgan yangi yutuqlar tibbiyot xodimlari doirasining mulki bo‘ladi va ular O‘zbekistonning turli mintaqalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga kiritiladi.

– turli kasalliklar, ayniqsa murakkab kasalliklar kompleks terapiyasida davo uslublarini takomillashtiriladi.

– aholining turli qatlamlari orasida asosiy kasalliklari tarqalish ko‘lamini baholash imkonini beradi.

  1. Xorijiy nashriyotlarda tadbir materiallarini chop etish bo‘yicha tavsiyalar to‘g‘risida maʻlumot

Kongressda O‘zbekiston OAV vakillari ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari orqali Forum ishi haqida maʻlumot berib bordi.

Kongressga tayyorgarlik ko‘rish uchun tashkiliy qo‘mita tuzildi. Kongress tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Kongress ishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 08.02.2016 yildagi bayonnomasi asosida amalga oshirildi.

Homiy tashkilotlar:Atm-pharm,Nika-farm,Nobelfarmsanoat,Vida verde farm, KRKA, POLPHARMA, Farmak, Takeda,  Pro.Med.CS.

Kongressni institut v.b.rektori, professor X.A.Akilov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shadmanov ochib berdi.

Kongress yalpi majlis va 6 ta sho‘ʻba yig‘ilishlaridan tashkil topdi. Yalpi majlisda 7 ta maʻruza tinglandi. Shuningdek, Kardiologiya sho‘ʻbasida 7 ta, Pulmonologiya sho‘ʻbasida 5 ta, Gastroenterologiya sho‘ʻbasida 5 ta, Pediatriya sho‘ʻbasida 5 ta, Nevrologiya sho‘ʻbasida  6 ta maʻruza tinglandi.

Kongress baxs-munozara va maʻruzachilarga savol-javoblar, ijobiy fikr-mulohazalar hamda sertifikatlarni tarqatish bilan yakunlandi.

Ilova

Samaradorlik Tavsiyalar
Taʻlim tizimi, kadrlar tayyorlash Ilm-fan Amaliyot
1. Ilmiy Shifokorlarni o‘qitishda yig‘ilgan tarixiy asosli bilimni baholash va undan foydalanish Tibbiyot ilmi rivojlanishi va amaliy sog‘liqni saqlashga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash Shifokorlarni o‘qitish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish istiqbolini aniqlash
2. Ijtimoiy Turli kasalliklar, ayniqsa murakkab kasalliklar kompleks terapiyasida davo uslublarini takomillashtirish Aholining turli qatlamlari orasida asosiy kasalliklari tarqalish ko‘lamini baholash Ko‘p tarqalgan va kam uchraydigan kasalliklar farmakoterapiyasi va diagnostikasida erishilgan yangi yutuqlar O‘zbekistonning turli mintaqalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga kiritish
3. Iqtisodiy Ichki kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olishni takomillashtirish imkoni va yo‘llarini ko‘rsatish Klinika amaliyotidagi muammolarni muhokama qilish, patologiyani to‘liq va chuqur tahlil qilish va inson kasalliklarining oldini olish hamda davolashning yangi strategiyalarini ishlab chiqish Bemorlarni davolashga sarflanadigan sarf-xarajatlar ko‘lamini qisqartirish


Institut rektori
professor                                                                  Akilov X.A.

2017 yil 45 aprel kunlari Toshkent va 6 aprel kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Ichki kasalliklar klinikasida kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olishga oid dolzarb masalalar”mavzusidagi IV Respublika kongressi to‘g‘risida

Foto Lavhalar.