Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining anjumanlar saroyida 14 sentyabr kuni TERAPIYA fakulteti uchun Maʻnaviyat va maʻrifat kuni o‘tkazildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining anjumanlar saroyida  14 sentyabr kuni  TERAPIYA fakulteti uchun  Maʻnaviyat va maʻrifat kuni o‘tkazildi.

      Ushbu tadbirda bosh shifokorlar, bo‘lajak raxbarlar guruxi, Terapiya fakulteti kafedralariga malakasini oshirishga kelgan shifokorlar, hamda oliy maʻlumotli hamshiralar guruxi ishtirok etdi.

    Tadbirda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyuldagi “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 Qarori  xamda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil, 20 yanvarda №34 sonli buyrug‘i joriy etilganligi bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi.

   Birinchi maʻruza: “Valeologiya fani va aholi orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning zamonaviy yo‘nalishlari” haqida bo‘lib, maʻruzani Valeologiya kafedrasi mudiri, professor Irgashev Shuxrat Boisovich tinglovchilar etiboriga havola etdilar.

    Ikkinchi maʻruza: Respublikamiz shifokorlarini xuquqiy va  siyosiy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. Davlatimizda olib borilayotgan islohotlar, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini o‘z ichiga qamrab olgan maʻruzani, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Mehnat shuhrati va Do‘stlik ordenlari sohibi. Toshkent vrachlarni malakasini oshirish instituti faxriy professori.  Iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi Saydaxror Saydaxmedovich G‘ulomov taqdim etdilar.

     Uchinchi maʻruza: Nevrologiya kafedrasining mudiri, nevrologiya sohasida o‘zlarining maktabini yaratgan olim, professor Baxtiyor Gafurovich Gafurov TVMOI Nevrologiya kafedrasi tarixi,  buguni va istiqbol rejalari haqidagi maʻruzani taqdim etdilar.

      Tadbirning maʻnaviy qismi Baxtiyor Gafurovich Gafurov rahbarligida kafedra xodimlari bilan hamkorlikda Akademik G‘ofur G‘ulom nomidagi muzey direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Xalqimizning sevimli  va mashhur adibi G‘ofur G‘ulom haqida 16 ta kitob yozgan Olmosxon Gafurovna Axmedova  bilan uchrashuv tashkil qilindi.

         Uchrashuvda Olmosxon aya G‘ofurovna nafaqat G‘ofur G‘ulom farzandalari balki, ularning shogird, davomchisi sifatida o‘zlarining xotiralari bilan o‘rtoqlashadilar. Xalqimiz ardoqlagan sevimli shoir, yozuvchimiz G‘ofur G‘ulomning yorqin xotiralarini yodga olindi.

          Ushbu maʻnaviyat kuni davomida institut foeyisida “Salomat bo‘ling” jurnali va  “Kitobxonlar uchun yarmarka tashkil etildi va kitobxonlar yangi  adabiyotlardan bahramand bo‘lib va shaxsiy kitob javoni uchun kitoblar xarid qilishdi.