1-oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni

1-oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni

   Ustoz deganda har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat–ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o’lchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi. Bu yorug’ olamda onadek mehribon, otadek g’amxo’r, har birimiz uchun aziz va mo’tabar bo’lgan ulug’ zot – muallim va murrabbiylardir. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

      Professor va o‘qituvchining obro‘si –  uning bilimi va salohiyati, talabalar va tingovchilar yuragida qoldirgan o‘chmas izi va munosib shogirdlarni tarbiyalashi bilan o‘lchanadi.

       Institumizda faoliyat yuritayotgan aziz va qadrli Ustozlar! Eng avvalo Sizga salomatlik, masuliyatli va sharafli  ishlaringizda muvaffaqiyat va omadlar yor bo‘lishini chin yurakdan istab qolamiz!