21 oktyabr – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun.

Bugun O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi bilan barchangizni Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Insituti  muborakbod etadi.

1989 yil 21 oktyabr kuni “Davlat tili to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi, hamda O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu  xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim qadamlaridan biri bo’lgan edi.  1-Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – millatning ruhidir.

O‘zbek tili o‘zligimiz, ozodligimiz ramzi, mustaqil yurtimizning ovozidir. Shunday ekan, «Davlat tili haqida»gi qonunning hayotga tatbiq etilishiga, o‘z ona tilimizni ulug‘lash, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, mavqeini yanada yuksaltirish, uning jahonaro baralla yangrashiga hissa qo‘shish o‘zini shu yurtning haqiqiy farzandi deb bilgan har bir inson uchun muqaddas vazifadir.