DIQQAT TANLOV! O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovida qatnashishga taklif qiladi.

DIQQAT TANLOV!

      O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi yurtimizning iqtidorli xotin-qizlarini «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovida qatnashishga taklif qiladi.

     «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovida respublika iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida bo‘lgan olima ayollar, doktorant, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, injener, konstruktor, mutaxassis va tadbirkor xotin-qizlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

     Tanlovga qo‘yiladigan ish arizachining ish joyi yoki o‘quv yurti joylashgan tuman tashkiliy qo‘mitalariga topshiriladi. Tanlovda, shuningdek, vaqtincha ishlamayotgan xotin-qizlar ham o‘zlari doimiy istiqomot qilayotgan tumanning xotin-qizlar qo‘mitalarini tavsiyanomalari bo‘yicha qatnashishlari mumkin.

     Ishtirokchi xotin-qizlarnining hujjatlari respublikamizning barcha tuman (shahar)laridagi xududiy xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan 2017 yil 10 oktyabrdan 10 noyabrgacha qabul qilinadi.

      35 yoshdan yuqori bo‘lgan yurtimizning iqtidorli ayollari uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi:

  1. Eng yaxshi ixtiro;
  2. Eng yaxshi foydali model;
  3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
  4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʻlumotlar bazasi;
  5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
  6. Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);

7.Ayollar ilmiy jamoasining eng samarali innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);

  1. Kichik biznes uchun eng samarali innovatsion loyiha (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
  2. Taʻlim sohasidagi eng samarali innovatsion loyiha (taʻlimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);

   Omadli start (o‘z kichik korxonalarida innovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkor ayollar uchun.)

    35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimalar, doktorant, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, injener, konstruktor, ratsionalizator, mutaxassis va tadbirkor xotin-qizlar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi:

  1. Eng yaxshi ixtiro;
  2. Eng yaxshi foydali model;
  3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
  4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʻlumotlar bazasi;
  5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
  6. Yosh olima ayolning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
  7. Yosh olimalar jamoasining eng istiqbolli innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
  8. Yosh tadbirkor ayolning kichik biznes uchun eng istiqbolli innovatsion loyihasi (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
  9. Taʻlim sohasidagi eng istiqbolli innovatsion loyiha (taʻlimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
  10. Omadli start (o‘z kichik korxonalarida innovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan yosh tadbirkor ayollar uchun.);
  11. O‘quvchi qizning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (litsey va kollejlarning o‘quvchi qizlari uchun).

        Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan innovatsion loyihaning muallifi (mualliflar jamoasi) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda o‘zi yashab turgan yoki ishlayotgan tumanning (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etishi lozim:

– tanlovga qatnashish haqidagi ariza ( Ilova 1);

– tanlov ishtirokchiining o‘zbek yoki rus tillaridagi obʻektivkasi ( Ilova 2);

– muallif (iqtidorli xotin qizlar jamoasi) faoliyat yutitayotgan muassasa rahbarining tavsiyanomasi;

– tanlovga tavsiya etiladigan loyiha;

– loyiha mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati;

– tanlovga topshirilayotgan innovatsion loyiha bo‘yicha chop etilgan asosiy maqolalarning va O‘zbekiston Respublikasi (xalqaro) patentining (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, selektsiya yutuqlari, dasturiy mahsulotlar) nushalari ilova qilinadi;

-innovatsion loyihaga taalluqli bo‘lgan sertifikatlar, tovar belgilari, diplomlar va boshqa hujjatlar nusxalari;

-loyixa yo‘nalishi bo‘yicha olim va yetakchi mutaxassislar tomonidan berilgan taqriz; Tanlovda namoyish materiallari (videorolik, maket, namunalar va boshqalar) bilan birga topshirilgan ishlar qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladi;

        Shuningdek tanlovga qo‘yilgan ishni korxonalar va turli muassasalarda amaliyotga tatbiq etilganligini yoki tatbiq etish rejalashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, sinov eksperimentlari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, bajarilgan ishlar bo‘yicha maʻlumotlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va boshqa xujjatlarni nusxalari topshirilishi kerak.

     Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘layotgan xotin-qizlarning, tanlovga topshirmoqchi bo‘layogan ishlanmasi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlari va olgan patentlarida xammualliflar bo‘lsa intellektual mulk egasidan (egalaridan) rozilik xati olishlari kerak.

       Ariza bilan birga topshiriladigan barcha hujjatlar qog‘oz shaklda, papkaga to‘plangan holda taqdim etiladi.

     Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan va qo‘yilgan talablarga rioya qilinmagan hamda boshqa ishlardan ko‘chirilgan (plagiat) materiallar ko‘rib chiqilmaydi.

    To‘liq maʻlumotlar bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining www.wcu.uz saytida tanishishingiz mumkin.

    Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan xotin qizlarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan dushanba –shanba kunlari soat 9.00 dan 17.00 gacha qabul qilib olinadi.

Murojaat uchun telefon:   +998909717573,    998931717017