«Jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 14.00.18–psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari). Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʻlon

Chembaev Bulat Renatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʻlon

  1. Umumiy maʻlumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 14.00.18–psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib84.

Ilmiy rahbar: Yeshimbetova Saida Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Etakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  1. Tadqiqotning maqsadi:jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniyaga chalingan bemorlardagi kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tekshirish va ularni oldini olish choralarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning oldin hech qachon jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etmagan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar kontingenti bilan solishtirgan holda klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar kelib chiqishidagi roli aniqlangan;

shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining xavfini kuchaytiradigan ijtimoiy faktorlar kompleksi roli isbotlangan;

shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar tomonidan jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish uchun asosiy tadbirlar klinik va ijtimoiy omillarning hissasini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan majburiy davolanish taktikasi kasallikning sindromal tuzilishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

  1. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniyaga chalingan bemorlardagi kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va ularni oldini olish choralarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlardagi kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlili asosida «Patogeneticheskie mexanizmы soversheniya tyajkix obshestvenno opasnыx deystviy bolnыmi shizofreniey» mavzuidagi monografiya rasmiylashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 18 maydagi 8N-d/37-son maʻlumotnomasi);

Jamiyat uchun o‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan shizofreniya bilan og‘rigan bemorlardagi kasallikning klinik-dinamik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlili asosida olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar ruxiy kasalliklar klinik shifoxonasi va Respublika nazorati kuchaytirilgan ruxiy kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 dekabrdagi 8N-d/269-son maʻlumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida Respublika nazorati kuchaytirilgan ruxiy kasalliklar shifoxonasi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning o‘rta davolanish muddati 2600 o‘rin-kundan 2441 o‘rin-kungacha, Toshkent shahar ruxiy kasalliklar klinik shifoxonasida o‘rta davolanish muddati 839 o‘rin-kundan 638 o‘rin-kungacha qisqargan, bu esa davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning tejalishiga olib kelgan.

Ilmiy kengash raisi, t.f.d., professor                                                 Sabirov D.M.

Ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.n., dotsent                                        Ubaydullaeva N.N.

Ilmiy maslaxatchi, t.f.d., professor                                                   Yeshimbetova S.Z.

Talabgor                                                                                             Chembaev B.R.