UASH sharoitida neonatologiya (masofaviy o‘qish QR Nukus shahri) 1 oy (72 soat)

UASH sharoitida neonatologiya (masofaviy o‘qish QR Nukus shahri)  1 oy (72 soat)

15.01-10.02.2018 y.

        Sikl «UASh sharoitida neonatologiya» (masofaviy o‘qish) PQ№ 2956, PQ№2909 ga asoslangan holda tashkil etidi.  Siklda 6 nafar pedagog ishtirok etdi. Sikl tashkil etilgan dars jadvali asosida maʻruza ko’rinishida bo’ldi. Sikl davomida quyidagi mavzular yoritildi:

  • Perinatal o‘lim sabablari va ularning oldini olish;
  • Tiriklik mezonlari.
  • Statistika ko‘rsatkichlarni aniqlash: perinatal o‘lim ko‘rsatkichlari;
  • o‘lik tug‘ilganlik ko‘rsatkichi;
  • ilk neonatal o‘lim ko‘rsatkichi;
  • tug‘ilish;
  • o‘lik tug‘ilganlik;
  • ona ko’krak suti bilan oziqlantirish afzalliklari;
  • samarali perinatal parvarish asosida chaqaloqlar klinik ko‘rigi;
  • O‘zbekiston Respublikasida onalik va bolalikni muhofaza qilish;
  • perinatal o‘lim sabablari va ularning oldini olish mavzulari bo‘yicha milliy standartlar;
  • Babes haqida malumot. Chaqaloqlarda chegara holatlari, moslashuv davri. Chaqaloq bolalarning anatom-fiziologik hususiyatlari;
  • Xomila ichi infektsiyasi, klinika, diagnostika davolash. TORCH sindrom. Toksaplazmoz, TSMV, VPG klinikalari;
  • Chaqaloqlar sepsisi. BKIUOB strategiyasi asosida. Chaqaloqlarda uy sharoitida uchraydigan gemorragik holatlar;
  • Chaqaloqlar kindik va teri kasalliklari;
  • Anemiya klinika va davolash usullari. Protokol asosida. Chaqaloqlarda asab tizimini shikastlanishining tasnifi;
  • SPID  XXI asr vabosi. Chaqaloqlarga yuqish yo‘llari. Immunologiya asoslari. Immunitetning bola yoshiga bog‘liq hususiyatlari. Immunologiyada hozirgi zamon tadqiqot usullari. Immunogramma IFA,PTSR va boshqalar.

    Sikl davomida tinglovchi-kursantlar neonatologiya sohasi bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollari bo‘yicha javoblar oldilar. Siklda qatnashgan 25 nafar shifokor imtixonni yaxshi va aʻlo baholarga topshirishdi. Yana shunday sikllar tashkil qilish taklifini bildirdilar.