TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI VA MALAYZIYA ELCHIXONASI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK UCHRASHUVI

        Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Malayziya elchixonasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 2018yil 19 fevral kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori Xabibulla Ataullaevich boshchiligida bir guruh delegatsiya aʻzolari Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Dato’ Nor’ Aini binti Abd.Xamid  xonim bilan bilan uchrashdilar.

       Tibbiyot sohasi bo‘yicha o‘zaro muzokara olib borildi. Muzokara davomida  institutimiz rektori Akilov Xabibulla Ataullaevich, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “2017—2021 yillarda O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan islohatlar aynan, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan eʻtibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Sog‘liqni saqlash sohasida, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish masalalari, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash muhimligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Tibbiyot sohasidagi oxirgi yangiliklar, shifokorlarning malakasini oshirish, seminarlar hamda master klasslar tashkil qilish uchun shifokor mutaxassislarni jalb etish, tibbiyotning turli sohalarida taʻlim sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan turli savollarlar o‘rtaga tashlandi. Institutimiz jamoasida o‘z faoliyatini olib borayotgan tibbiyot fan nomzodlari, professor ustozlar hamda Malayziyaning nufuzli tibbiyot institutlarining  yuqori malakali tibbiyot hodimlari, professorlari bilan hamkorlik ishlarini olib borish, davlatlararo ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish maqsadlari muhimligi takidlab o‘tildi. Muzokara davomida elchi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlari bilan ham hamkorlikda ishlar olib borayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. Bundan tashqari quyidagi masalalar ham keng yoritildi, yaʻni  ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish,  zamonaviy tibbiy texnika jihozlari bilan taʻminlash, tibbiyot sohasidagi davlatlararo erishilayotgan yutuqlar, tibbiyot sohasining rivojlanish yo‘lidagi dolzarb muammolar va tibbiyot sohasidagi turli ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borish, sog‘liqni saqlash tizimidagi innovatsiyalar, tibbiyot muassasalari bilan o‘zaro  hamkorlik qilish, aholining tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalari to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

       Institutimiz rektori Xabibulla Ataullaevich hamda Muxtarama elchi xonim Dato’ Nor’ Aini binti Abd.Xamid  muzokara davomida kelajakda tibbiyot sohasida istiqbolli rejalar tuzish va memorandumlar imzolash haqida kelishib olindi.

       Uchrashuv yakunida ikki tomonlama davlatlararo iliq do‘stona munosabatlar, hamda tibbiyot sohasi rivojiga qaratilayotgan yuksak eʻtibor yaqqol namoyon bo‘ldi.