TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

     O‘zbekiston-Italiya va O‘zbekiston-Frantsiya Do‘stlik jamiyatlari, ToshVMOI Xotin qizlar qo‘mitasi, Maʻnaviyat targ‘ibot markazi hamkorlikda  bugun 6-mart 2018 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida 8 mart xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “AYOL BORKI OLAM MUNAVVAR” mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

     Ushbu tadbirda institut jamoasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi vakillari va taklif etilgan mexmonlar ishtirok etishdi.

      Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga  qarab   bilib olamiz.

      Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida  yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda. Dilbar va latofatli ayollarimizni 8 – Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan ToshVMOI rektori, professor Xabibullo Ataullaevich o‘zlari tabriklab, tadbirni ochib berdilar.

      Tadbir davomida Toshkent shahar Olimlar uyushmasi raisi, f.f.d., professor Mukarram Axmedovna Nurmatova, O‘zbekiston-Italiya  Do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Dilyara Marsovna Axmetshina o‘zlarining tabrik so‘zlarini munis ayollarimizga o‘qib eshittirdilar. O‘zbekiston Davlat Satira teatrining taniqli aktyori, mohir so‘z ustasi Erkin Jo‘lliev ham o‘zlarining chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar. Har bir niholning va muattar bo‘y taratuvchi nafis gullarning unib o‘sishi uchun qulay zamin kerak. Bugun yurtimizda ayollarning va iqtidorli yoshlarimizning jamiyatdagi mavqeшni yanada oshirish va ularning olib borayotgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida shaxsan Yurtboshimiz va xukumatimiz tomonidan odilona siyosat olib borilmoqda. Sanʻat soxasiga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan, o‘zbek, rus, qozoq, ingliz, turk, tojik va arab tillarida ijro etgan qo‘shiqlari bilan dunyoda tanilib borayotgan,  iqtidorli va istiqbolli yosh xonanda, betakror ovoz soxibi, Akmalxon Xolxo‘jaev o‘zlarining maftunkor ovozlari bilan barchani rom qildi. Bayramda Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri solistlari va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining iqtidorli talabalari kontsert dasturini mohirona namoyish etishdi, kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

     Qadrli dilbar, munis va mo‘ʻtabar opa singillar bayram shukuxi Sizni tark etmasin,  aziz boshingiz omon va el ichida doimo sarbaland bo‘lsin azizlar!

                             

ToshVMOI Maʻnaviyat targ‘ibot Markazi va Xotin-qizlar qo‘mitasi