Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida menedjment va Birlamchi sog‘liqni saqlash  xamda Tibbiy profilaktika fakultetlari  uchun  22 MART 2018 yilda Maʻnaviyat va maʻrifat kun bo‘lib o‘tadi

   Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining anjumanlar saroyida  bugun MENEDJMENT VA BIRLAMChI SOG‘LIQNI SAQLASh  hamda TIBBIY PROFILAKTIKA fakulteti uchun  Maʻnaviyat va maʻrifat kuni o‘tkazildi.

      Hozirgi kunda institutimizda beshta fakultet faoliyat olib boradi. Tinglovchi shifokorlar va xodimlar uchun  har oyda maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlarni o‘tkazib borish anʻanaga aylangan. Ushbu tadbirlarda bosh shifokorlar, zaxiradagi raxbar kadrlar hamda oliy maʻlumotli hamshiralar guruxi xam muntazam ishtirok etib keladi.

    O‘zbekistonda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini taʻminlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyuldagi “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 Qaroriga asosan Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi qayta tashkil etildi. Prezidentning mazkur Qarori maʻnaviy-maʻrifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirishga qaratilgan.

     2017 yilning 30 iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yangi tashkilot yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘lgan, har qanday rasmiyatchilikdan xoli, ayniqsa, yoshlar manfaatini himoya qiladigan tashkilotga aylandi.  ToshVMOI da ham  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Boshlang‘ich Tashkiloti samarali faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil, 20 yanvarda №34 sonli buyrug‘i joriy etilganidan deyarli barchangiz xabardorsiz, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida mazkur buyruqning ijrosiga barcha professor-o‘qituvchilar, klinik ordinatorlar va tinglovchi shifokorlar rioya qilishlari shart  qilib belgilangan. Ushbu buyruqqa asosan, dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga muvofiq jiddiy, ishchan va didli, ziyoli shaxs qiyofasini shakllantirish maqsadida korporativ kiyinish uslubi talablariga amal qilinadi. Muassasada rahbar xodimlar, pedagog, shifokor (yoki bo‘lajak pedagog, shifokor) kasbiga mos holda kiyinishlari talab etiladi. Tibbiyot xodimi o‘zini tutish sanʻati hamda muloqot madaniyati va kasbdoshlar o‘rtasida va bemorlar bilan muloqotda hurmat va mehr-muruvvat ko‘rsatishlari lozim.

        Kun tartibidan o‘rin olgan birinchi maʻruza Respublikamiz shifokorlarining xuquqiy va  siyosiy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. Davlatimizda olib borilayotgan islohotlar, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi hamda sog‘liqni saqlash tizimiga oid Farmonlar va Qarorlarning mazmun mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram yig‘ilishida Muhtaram Yurtboshimiz qilgan maʻruzasi va 2017 yil 22 dekabrdagi Prezident Murajaatnomasi haqidagi maʻruzalarini mujassamlashtirgan holda tayyorlangan keng qamrovli maʻruzani:

      O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Mehnat shuhrati va Do‘stlik ordenlari sohibi, Institutimizning faxriy professori, Iqtisod fanlari doktori,       O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi Saydaxror Saydaxmedovich G‘ulomov tinglovchilar eʻtiboriga havola etdilar.

      Kun tartibidan o‘rin olgan ikkinchi  maʻruzani ToshVMOI Falsafa kafedrasining mudiri, professor, Islomshunos Olim, Maxmudxo‘ja Nizomxo‘jaevich Nuritdinov “Islom taʻlimotiga zid ravishda faoliyat yurituvchi turli aqidaparast diniy oqimlar va diniy ekstremizm” haqidagi suhbat maʻruzani o‘qib eshittirdilar.

       Aholi salomatligini saqlashda xavf omillarini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning valeologik tamoyillariga hamda hozirgi kunda  global muammoga aylangan tamaki chekish muammosini oldini olishga bag‘ishlangan  maʻruzani  Valeologiya kafedrasi dotsenti, ToshVMOI Maʻnaviyat targ‘ibot markazi rahbari Mamatova Nodira Muxtarovna tinglovchilar eʻtiboriga havola etdi.

      Tanaffus davomida shifokorlar institut  foeyisida tashkil etilgan “Salomat bo‘ling” jurnali va  Kitobxonlar uchun yarmarkada turli xil  adabiyotlardan bahramand bo‘ldilar.

      Uchrashuvning maʻnaviy qismida , sadoqat va muhabbat kuychisi, vafodor  ziyoli O‘zbek ayolining haqiqiy timsoli Zulfiyaxonim tavalludiga bu yil 103 yil to‘ldi.Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Davlat DRAMA teatri jamoasi “Zulfiyaxonim”  “Yodim siniqlari” nomli spektaklini namoyish etdilar.