Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Navro‘z umumxalk bayrami munosabati bilan “Navro‘zi olam muborak” mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Navro‘z umumxalk bayrami munosabati bilan “Navro‘zi olam muborak” mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir

 TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTIDA O‘zbekiston-Italiya Do‘stlik jamiyati

ToshVMOI Tashkiliy qo‘mita, Maʻnaviyat targ‘ibot markazi, Xotin qizlar qo‘mitasi

     Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda  yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.

 

 

     Bugun 28-mart 2018yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Navro‘z umumxalk bayrami munosabati bilan “Navro‘zi olam muborak”  mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir ToshVMOI xovlisida bezatilagn dasturxon atrofida barcha institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, taklif qilingan mehmonlar va sanʻatkorlar ishtirokida keng nishonlandi. Kuni kecha institutimiz xovlisida tayyorlangan sumalaklar dasturxonga tortiq qilindi. Kotta dosh qozonda oshlar damlandi.

     Navro‘zi olam bayram tadbirimizni  ToshVMOI rektori, professor Xabibullo Ataullaevich o‘z tabriklari bilan ochib berdilar. Barcha institut xodimlarini va tadbirga kelgan mexmonlarni samimiy bayram bilan tabrikladilar.Ularga sog‘lik-salomatlik , oilaviy tinchlik-totuvlik, xotirjamlik va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladilar. Shuningdek, institutning Faxriylar Kengashi raisi, professor Jo‘raboy Maʻrifboevich Sabirov ham o‘zlarining tabriklarini  institut jamoasiga va bayram tadbiriga tashrif buyurgan mexmonlarga o‘qib eshittirdilar. Maʻlumki, mustaqillik yillarida Navro‘z umumjahon bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda YuNESKO tomonidan Navro‘z insoniyatning nomoddiy madaniyat merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu faxrli hodisa yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida xalqimiz madaniy-maʻrifiy merosiga qaratilayotgan yuksak eʻtibor nishonasidir. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy anʻanalarimiz, turfa marosimlar namoyish etiladi, qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singa boradi.

 

      Tadbir davomida O‘zbekiston-Italiya  Do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Dilyara Marsovna Axmedshina, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining jamoasi, O‘zbekiston Davlat Drama Teatri sanʻatkorlari o‘zlarining bayram tabriklarini o‘qib eshittirdilar. Tadbirda sanʻat soxasiga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan, o‘zbek, rus, qozoq, ingliz, turk, tojik va arab tillarida ijro etgan qo‘shiqlari bilan tanilib borayotgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining talabalaridan  iqtidorli va istiqbolli yosh xonandalar Karimbaev Alimbay va Sodiqova Xilolaxon o‘zlarining maftunkor ovozlari bilan barchani rom qildi. Shuningdek bayram tuhfasi bilan O‘zbekiston Davlat Drama Teatri sanʻatkorlari o‘zlarining chiqishlari bilan barcha kelgan mehmonlarni hushnud etdilar.Tadbir ko‘tarinki ruxda nishonlandi va kuy qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.

          

Tilayman gullarning iforlarini,

Salobatli tog‘lar viqorlarini,

  Unuting dunyoning g‘uborlarini,

Navro‘z ayyomingiz muborak do‘stlar!.