«O‘zbekistonda Germaniya tibbiyotining integratsiyalashuvi: bugun va kelajak»Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ana shu mavzuda I O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekistonda Germaniya tibbiyotining integratsiyalashuvi: bugun va kelajak»Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ana shu mavzuda I O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.

      Yurtimiz hamda xorijlik yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari, malakali mutaxassislar, yosh-tadqiqotchilar ishtirok etayotgan mazkur anjuman mamlakatlarimiz tibbiyotidagi ilg‘or yutuqlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Ibn Sino jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.

     Tadbirda vrachlar malakasini oshirish instituti rektori professor Habibulla Akilov, Ibn Sino jamoat fondi boshqaruv raisi Nozimxon Mahmudov   so‘zga chiqdi.

    Forumda mutaxassislarning sohaga doir maʻruzalari tinglandi. Tadbir dasturida germaniyalik shifokorlarning maʻruzalariga keng o‘rin ajratildi.