Ichki nazorat bo’lim boshlig’i
Salixodjaeva Rixsi Kamilovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, Dotsent, Kafedra mudiri
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (+99871) 268-08-14
E-mail: r.salikhodjaeva@gmail.com

 


Maʻlumoti: Nizomiy nomli Toshkent pedagogika instituti.

       Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti.  «Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha magistratura.

      2008 yilda «Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish»  yo‘nalishi bo‘yicha  tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

    Hamshiralik ishi va tibbiy taʻlim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis. Oliy maʻlumotli hamshiralarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish hamda  hamshiralik ishi menejmenti (bakalavriat va magistratura) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar muallifi

     Nazorat guruhi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Taʻlim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus taʻlim, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining Hayʻat qarorlari, bo‘yruqlariga, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari, meʻyoriy hujjatlari, institut Nizomiga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

1.2.  Nazorat guruhi institutda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlarning o‘quv,  o‘quv-uslubiy, maʻnaviy-maʻrifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hayʻat va Ilmiy kengash qarorlari, vazirliklar va institut bo‘yicha chiqarilgan bo‘yruqlarning va taʻlim sohasidagi meʻyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

1.3.  Nazorat guruhi aʻzolari institut Kengashi va rektoratning kengaytirilgan majlislarida maslahat ovozi bilan qatnashish huquqiga ega.

1.6. Nazorat guruhi institut xodimlari tarkibidan jamoatchilik asosida tuzilib, bevosita rektorga bo‘ysunadi.

  1. Nazorat guruhining asosiy vazifalari

2.1.  O‘zR Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli va 29 martdagi 140-sonli qarori hamda O‘zR OO‘MTV ning 2009 yil 11 avgustdagi 309-sonli buyruqlariga asosan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibiga amal qilgan holda  avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanadi, 1b, 2 b, 3 b kartochkalari yuritadi. Ijro intizomini institutning Nazorat guruxi, rektorat va Ilmiy kengash yig‘ilishlarida muntazam muhokama etib va nazorat qilib monitoringini muntazam ravishda olib boradi.

2.2.  Olib borilgan ishlar ijrosi yuzasidan va ularning muhokamasi bo‘yicha maʻlumotlar O‘zR OO‘MTV ning Nazorat va monitoring boshqarmasiga belgilangan muddatlarda har oy elektron va qog‘oz variantlari, har kvartalda Hayʻat qarorlari ijrosi bo‘yicha vazirlikning Hayʻat kotibiga hamda vazirlikdan kelib tushgan buyruqlarning ijrosi bo‘yicha esa vazirlikning Nazorat guruxiga  har chorakda taqdim etadi.

2.3.  Institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy  taʻlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, Oliy va o‘rta maxsus taʻlim, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining Hayʻat qarori, bo‘yruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek institutning Ilmiy kengash qarori va bo‘yruqlarning bajarilish  nazoratini taʻminlash va monitoringini olib boradi.

2.4.  Professor–o‘qituvchilar tarkibi va boshqa sog‘liqni saqlash  vazirligi tizimidagi taʻlim muassasalarining   kadrlarini malakasini oshirish  va qayta tayyorlash sifatini ichki nazoratini tashkil etadi va o‘tkazadi.