Axborot texnalogiyalari  markazi:

Axborot texnalogiyalari markazi bo’lim boshlig’i:
Aminov Shavkat Sobirovich
Bo’lim boshlig’i
Telefon: (+99893) 319-77-01
E-mail:  akt@tipme.uz


Aminov Shavkat Sobir o‘g‘li, 1993 yil tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

2018 yilda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti, “Kompyuter injenering” fakultetining IT-Servis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan .

2018 yil 24 sentyabr oyida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining  Axborot Texnologiyalari Markaziga tizim adminstratori lavozimiga qabul qilindi

2018 yil 1 noyabr oyidan institutning Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Zamonaviy uslublardan foydalangan xolda, hozirgi zamon davr talabiga javob beradigan   axborot tizimini muntazam yangilash va tizimni rivojlanishi bo‘yicha o‘z xissasini sidqidildan qo‘shib kelmoqda. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining  maʻnaviy-maʻrifiy hamda  jamoat ishlarida faol.

       Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  Axborot texnologiyalari  markazi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-1989-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʻminlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 250-sonli qarorlariga muvofiq tashkil qilingan.

      Markaz  institut  o‘quv, ilmiy, maʻmuriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi.

 ToshVMOI da  axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.Istitutda  yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi.

Institutda tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

ToshVMOI bo‘yicha axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini taʻminlashga, texnik va konsultativ yordam berish bo‘yicha faoliyatini olib boradi.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi

 – ToshVMOI faoliyati ,fakultetlarning  barcha kafedralari  axborotni yangilash, muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni taʻminlash, shuningdek, institutdagi Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantiri.

Markazning asosiy vazifalari:

– ToshVMOIda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, institut rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini taʻminlash;

– institutda  ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari hamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini taʻminlash, shuningdek monitoringini yuritish;

– o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali taʻlim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-quvvatlash;

– institutda  fakultet va kafedralar  multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.

– institutda  foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

– institutda  axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.


Axborot texnalogiyalari markazi:
Hamdamov Jasur Raxmatillayevich
Muxandis dasturchi
Ish kunlari: Dushanba – Juma
Telefon: +(99871) 268-12-18
E-mail: akt@tipme.uz

 


Axborot texnalogiyalari bo’limi:
Tadjibaev Salokhiddin Sadriddin o’g’li
Tizim Administratori
Ish kunlari: Dushanba-Juma
Telefon: +(99871) 268-12-18
E-mail: ssalokhiddin@tipme.uz


Axborot texnalogiyalari bo’limi:
F.I.SH
kafedra mudirasi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:

Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti.