Ekspluatatsion texnik foydalanish va ho’jalik bo’limi:

Ekspluatatsion texnik foydalanish va ho’jalik bo’limi boshlig’i:
Islomov Ravshan Kurbanovich
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Qabul kunlari: Dushanba – 14:00 – 16:00
Telefon: (99871) 267-16-71
E-mail: texnik_xujalik@tipme.uz


      Islomov Ravshan Kurbanovich, 1963 yil 30 oktyabrda tavallud topgan. Millati o‘zbek. Maʻlumoti oliy, 1989 yil Toshkent politexnika instituti tamomlagan.Mutaxassisligi  injiner-texnolog. 2015 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining o‘quv taʻminot bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2016yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Ekspluatatsion texnik foydalanish va ho‘jalik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, —– nafar farzandi bor.

 

         Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutidagi har bir tadbirlarni o‘tkazishda ishchi –xodimlar, muxandislarning roli katta.

Kuz –qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimlarini sozligi, o‘quv yili davomidagi barcha inventar asbob-uskunalar bilan taminlash          ekspluatatsion –texnik va ho‘jalik bo‘limi vazifasidir.

        Qurilish ishlarini o‘z vaqtida kerakli binolarda tartib asosida, joriy va kapital taʻmirlash  ishlari reja asosida amalga oshiriladi.

         Ekspluatatsion –texnik va ho‘jalik bo‘limi shuningdek,  institutimizdagi elektr, suv taminoti, gaz, issiq suv, oqava suvlar, telefon, televideniya, sovutish tizimlardagi barcha kamchiliklarni bartaraf etishda faol va javobgardir.

         Bo‘lim xodimlari  institut xovlisi va atrof muhit tozaliligiga  aloxida etibor berishadi. Farrosh xodimlarini o‘z vaktida nazorat qilish, hamda  vaxtalarda qorovullarning o‘z vazifalarini vijdonan bajarishlarini tekshirish , o‘quv jarayoni davomida har bir  auditoriyalarning  darslarga va mashg‘ulotlarga tayyorligi , anjumanlar saroyi, mazlis zallarning yig‘ilish va majlislar  o‘tkazish uchun,  elektron qurilmalardan tortib, stol, stul, isitish tizimlari, yoritish qurilmalarini sozligini taʻminlashga maʻsuldir.

  1. Jabborbergenov – Mehnatni muhofaza qilish muxandisi , ToshVMOIga tegishli bo‘lgan issiq suv, sovuq suv, gaz va elektr o‘lchash asboblarini o‘z vaqtida hisobotlarini olib borish va topshirish , ularning sozligi, plombalarning borligini taʻminlashga maʻsuldir. Institut xovlisida begona avtomobillarning  kirgizmasligini  taʻminlash, qorovul  xodimlarning nazorati, ishchilarni mehnat muhofazasi va  xafsizigini , vaqtincha yong‘in xafsizligi  kamchiliklarini bartaraf kilish vazifasiga kiradi. Institutga tegishli  bo‘lgan yerto‘la   qismidagi muxandislik  bo‘linmalari (sanuzel) kran va zadvijkalarni sozligini bartaraf qilish,  ishlovchi texnik  xodimlarni nazorati taminlansh maʻsuliyati yuklatilgan .
  2. Djabborov – Ekspluatatsiya-texnik muxandisi , ToshVMOI yeyotoqxonasidagi barcha  injener-komunikatsiyasi tizimi , sovuq suv, issiq suv, elektr, oqava suvlarni, telefon, yong‘in xafsizligi, kuzatuv kameralarini sozligini taʻminlashga ,shuningdek, yangi  qurilish xujjatlarini tayyorlash. va ishchi  texnik xodimlarni nazorat qilishni taʻminlashga maʻsul.
  3. Sayfiddinov – Texnik-muxandis. dagi barcha xo‘jalik ishlari, tegishli bo‘lgan xovli maydonlarining  tozaligi, katta va kichik zallarning tayergarligi va tozaligi, issiq va sovuq  suv taʻminoti, chiqindilarning vaqtida olib ketilishi, aloqa vositalari, kuzatuv kameralari ishlashi, shuningdek  barcha ishchi –texnik xodimlarni kelib ketishi nazorati taʻminlash vazifasi yuklatilgan.
  4. Turaev – Texnik-muxandis. ToshVMOIga qarashli Lisunova   ko‘chasida joylashgan “ O‘quv – davolash markazi” ning   butun injener- komunikatsiya faoliyati ,sovuq suv,issiq suv,elektr,oqava suvlarni, telefon, yong‘in xafsizligi, kuzatuv kameralarini ishlash sozligini taminlash,  o‘quv – davolash markazining  tozaligi, qorovullar smenasi,  qozonxona mexanik ishlari, komendat va ishchi texnik xodimlar nazorati taʻminlash vazifalariga maʻsul.