Xirurgiya – 1 kafedrasi

Xirurgiya – 1 kafedrasi:
Nazirov Feruz Gofurovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99871 230-49-09
E-mail:    kaf_xirurgiya@tipme.uz



       Nazirov Feruz Gofurovich  25 may 1950 yil Toshkent  shahrida tavullud topgan.

   Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazirov Feruz Gofurovich “Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi”  direktori.

       1973 yilda Toshkent davlat Tibbiyot  institutini aʻlo baxolar bilan tamomlagan. 1975-1980 yilda  Butunittifoq hirurgiya ilmiy markazining Toshkent filialida  jigar  va  o‘t yo‘llari  xirurgiyasi bo‘limi ordinatori, kichik ilmiy  xodim lovozimida  ishlagan.

    1981 yilda «Дренирование грудного лимфатического протока и его патогенетическое обоснование у болных циррозом печени» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1982-1992 yilda  Butunittifoq hirurgiya ilmiy markazining Toshkent filialida  jigar  va o‘t yo‘llari  xirurgiyasi bo‘limi yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy   xodim lavozimida ishlagan.

    1989 yilda  «Xirurgicheskoe lechenie oslojneniy portalnoy gipertenzii u bolnыx tsirrozom pecheni» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

    1992-1995 yillarda  xirurgiya ilmiy markazi jigar  va o‘t yo‘llari hirurgiyasi bo‘limi rahbari.

     1995 yilda professor unvonini olgan. 1995-1998 yilda Akademik V.Vohidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazining direktori. 1994-2005 yillarda 1-Toshkent tibbiyot instituti gospital hirurgiya kafedrasining mudiri.

       1998-2009 yida  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. 2005-2012 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital xirurgiya kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

   2009 yillardan xozirgi vaqtgacha  akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi  direktori.

      2015 yildan  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1-xirurgiya kafedrasi mudiri.

      Professor Nazirov F.G. abdominal xirurgiya sohasida jahonda mashxur olim sifatida tanilgan.  Jigar tsirrozi va portal gipertenziya asoratlarini xirurgik yo‘l bilan davolash usullariga bag‘ishlangan ilmiy ishlari jahondagi mashxur olimlar tomonidan tan olingan. O‘zbekistonda birinchi bor Nazirov F.G. tomonidan jigar, oshqozon osti bezi, jigar tashqi o‘t yo‘llari og‘ir xastaliklarini xirurgik davolash usullarini samaradorligini oshirish ustivor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyot fanning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 avtorlik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 doktorlik va 13 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

    Nazirov F.G. tashabbusi bilan Respublikamizda birinchi marta pankreatoduodenal sohasining o‘smalari va ularni xirurgik davolash usullarini xayotga tatbiq etish, u yaratgan maktab tufayli jaxon standartlari talabiga mos ravishda amalga oshirilmokda.

       Nazirov F.G. bugungi kunda nafaqat yetuk olim, balki ko‘zga ko‘ringan tashkilotchidir. Uning bevosita tashabbusi va rahbarligi ostida «O‘zbekiston xirurgiyasi» jurnali tashkil qilindi va xozirgi kunda hamdo‘stlik davlatlari ichida nufuzli jurnallardan biri hisoblanadi.

       Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi azosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I. Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDX gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti.

    2003 yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regionar bo‘limining aʻzosi etib saylangan.

     1997 yilda  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan takdirlangan. 2005 yilda Moskva shaxrida N.I.Pirogov nomidagi oltin medal bilan, 2016 yil Prezidentimiz farmoni bilan «Mexnat shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.


       Kafedra 1924-yilda O‘rta Osiyo Davlat Universtitetining tibbiyot fakulteti qoshida tashkil topgan. Ikkinchi Jaxon Urushi yillarida kafedraga professor G.A. Rotenberg boshchilik qilgan. Bu yillarda kafedraning asosiy vazifasi xarbiy vrachlar tayyorlash bo‘lgan.

        1941-1945 – yillarda jaʻmi  8000 shifokor kafedrada taxsil olgan. Shuning bilan birga kafedra xodimlari xarbiy jaroxatlarning kechishi, asoratlarning patogenezi, ularni davolash masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, bu borada sezilarli natijalarga erishilgan.

    1953-yilda prof. Rotenberg G.A. taʻtilga chiqishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga dots. Gasparyan M.I. (1953-1964yy) tayinlangan. 1960-yildan kafedra bazasi 15-son shaxar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

    1963-yilda kafedra qoshida dots. Romanova M.A. boshchiligida anesteziologiya va  reanimatsiya kursi tashkil qilingan, keyinchalik bu kurs aloxida kafedra sifatida ajralib chiqib, unga mudir qilib prof. Zarzar A.S. tayinlangan. 1964 yildan kafedraga t.f.d. Xanifa Nurullovna Muratova raxbarlik qilgan. 1965-yilda unga professor unvoni berilgan, 1969-yilda – O‘zbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi.

1975 – 1996 yillarda kafedraga dotsent Ilyasov Shoqosim Shoxizirovich raxbarlik qilgan. U kafedraning faoliyatiga o‘zining juda katta xissasini qo‘shgan.

1996 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimiga professor Nazirov Feruz Gafurovich raxbarlik qilgan (1996-1998 yy), va kafedraning bazasi akad. V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy markaziga o‘tkazilgan. Tajribali xirurg, ko‘p qirrali mutaxassis  Nazirov F.G. Respublika xirurglarining malakasini zamon talabiga javob beradigan darajaga chiqarilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berdi.

 1998 – 2004 yillarda  kafedraga  tibbiyot  fanlari  doktori Xudaybergenov Abdulla Matkarimovich raxbarlik qilgan. Yirik tashkilotchi, katta ilmiy-pedagogik va amaliy tajribaga ega bo‘lgan professor Xudaybergenov A.M. kafedra anʻanalarini davom ettirib, o‘quv jarayonini tashkillashtirdi. Markaz imkoniyatlaridan tuliq foydalangan xolda xirurgiyaning eng zamonaviy yutuqlarini o‘kuv jarayoniga tadbiq qildi.

 Tibbiyot fanlari doktori Professor Xabibulla Ataullaevich  Akilov 2004-yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Avvalroq Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazi Direktori, bir vaqtni o‘zida 1- Toshkent davlat tibbiyot Instituti gospital jarroxlik  kafedrasi mudiri. Professor Akilov X. A., amaliy va o‘quv boshqaruv ishlarida katta tajribaga ega. Shu vaqtda nazariy  va amaliy bilimlar berishni, zamonaviy    yangi shakllari joriy etildi.

      2015 yildan boshlab kafedra Xirurgiya – 1 qayta nomlanib kafedra  mudiri professor Nazirov F.G.  boshqarib kelmokda.   Kafedrada samarali va fidokorlik bilan professor, dotsent va assistentlar faoliyat olib bormokdalar: Turakulov Uktamjon Nurmamatovich – t.f.n., dotsent; Xashimov Shuxrat Xurshidovich – tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Strusskiy Leonard Petrovich – t.f.n., assistent; Saydazimov Erlan Mirzageldievich – t.f.n., assistent. Yillar davomida akad. V. Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Markazi  bazasida 1500 tadan ortiq vrach-xirurglar o‘z malakalarini oshirdilar. Malaka oshirish davomida vrach-xirurglar zamonaviy va mukammal operatsiyalarni ko‘rishga va tanishish imkoniyatiga bevosita egadirlar. Endoskopik va videoskopik operatsiyalar (laparosokopik va torakoskopik) batafsil ko‘satilmokda va o‘rganilmokda. Kursantlar Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Markazida diagnostik bo‘limlarida: kompyuter va magnit-rezonans tomografiya, UZS, angiokardiografiya, radionuklid laboratoriya bo‘limlari ish faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega.  O‘quv jarayonida olingan bilimlar vrach-xirurglarni amaliy faoliyati keskin oshiradi.


Xirurgiya – 1 kafedrasi
Xashimov Shuxrat Xashimovich
t.f.d. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:(+99890) 919-30-62
E-mail: : hirurgiya.tiuv@gmail.com


Xirurgiya – 1 kafedrasi
Turakulov Uktamjon Nurmamatovich
t.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:(+99890) 354-28-67
E-mail: hirurgiya.tiuv@gmail.com


Xirurgiya – 1 kafedrasi
Leonard Petrovich
t.f.n.Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (+9989)  992-85-83 
E-mail: kaf_@tipme.uz


Xirurgiya – 1 kafedrasi
Erlan Mirzageldievich
t.f.n.Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (+99893) 181-07-68
E-mail: kaf_xirurgiya@tipme.uz


Xirurgiya – 1 kafedrasi
Akilov Bekzod Botirovich
stajyor-o’qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:(+99890) 992-00-45
E-mail: hirurgiya.tiuv@gmail.com

«Хирургия-1»

Академик В.Вохидов номидаги РИХМ

Чилонзор район, Кичик халка йули 10 уй.

метро «Чилонзор»; автобуслар: 8, 34, 48, 69, 70, 79, 86, 125, 131, 135