Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar – portalga tashrif etuvchilar!

Men Sizlarni samimiy qutlagan holda har bir kishi portalga kirganida o‘zi uchun institut to‘g‘risida kerakli axborotga ega bo‘lishiga va u  nafaqat Sizga qiziqarli, balki amalda foyda keltirishiga umid qilaman.

   Bizning ishimiz amalda sog‘liqni saqlash uchun mutaxassislarni diplomdan keyingi tayyorlashga yo‘naltirilgan. Bu ish bilan 80 yildan buyon shug‘ullanib kelamiz va jamoalarimizning butun ko‘p yillik tarixi mobaynida institut tuzilmasi hamda ish yo‘nalishlarini takomillashtirish davom ettirilmoqda. Bugungi kunda ToshVMOI har qanday ixtisoslikdagi vrachga ilg‘or tibbiyotga doir eng yangi bilimlarni taklif etishi mumkin. Buning uchun institut ishlab chiqilgan taʻlim texnologiyalari va umumiy amaliyot vrachlaridan tortib sog‘liqni saqlashning yuqori bo‘g‘ini rahbarlarigacha bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashning katta tajribasiga ega.

   O‘qitish quyidagi qoidaga asoslanadi: tibbiyot oliygohi bituruvchisi, xususan amaliyot vrachi olimlik  tafakkuriga, menedjerlik qobiliyatiga, tibbiyotga oid bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

   Bizning jamoamiz uchun o‘qitishning sifati juda muhimdir, shuning uchun u yetkazilayotgan axborotning teranligi va taqdim etilgan bilimlarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi.   Bunga xodimlar tomonidan nafaqat ishning anʻanaviy va yangi usullarini bilish, balki klinik bazalarimizning aʻlo darajada texnik jihozlanganligi hamda zamonaviy uskunalar bilan taʻminlanganligi ko‘maklashadi.

    Muayyan bilimlarni taqdim etishdan tashqari biz tinglovchilarni permanent – o‘qitish tibbiyotdagi diplomdan keyingi taʻlimning muhim jihati ekanligiga ishontirishga (va amaliyotda ularga ko‘maklashishga) harakat qilamiz. Aynan 5 yillikda malaka oshirish davrlarining anglash emas, balki muntazam (kundalik) mustaqil saʻi-harakatlar kasbiy omilkorlik garovi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari ayrim fanlarda (masalan, ichki kasalliklar) tibbiyotdagi so‘ngi yutuqlardan xabardor bo‘lmagan  holda sifatli tibbiyot yordam ko‘rsatish amrimahol. Oqil xitoyliklar bekordan-bekorga shunday naqlni qaytarishdan charchamaydilar: «O‘qish xuddi oqimga qarshi eshgak eshishga o‘xshaydi, endi to‘xtashing bilan seni orqaga qaytaradi».

  Sizning istaklaringiz, muloxazalaringiz va takliflaringiz jamoamiz ishini maqbullashtirishda olqishlanadi va minnatdorlik bilan qabul qilinadi.