Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%be%d1%802Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ilmiy ishlari bo’yicha prorektori:
Ataxanov Shuxrat Ergashevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma: 14:00-16:00
Telefon: (+99871) 268-25-49
E-mail: shuhrat.atakhanov@mail.ru

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

        Ataxanov Shuxrat Ergashevich 1957 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Sh.E.Ataxanov 1980 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini aʻlo baholar bilan tugatib, V.E.Avakov rahbarligi ostida ushbu institutning anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasiga klinik ordinaturaga qabul qilingan.
1982 yilda Markaziy vrachlar malakasini oshirish instituti (Moskva shahri) anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasiga aspiranturaga qabul qilindi va 1985 yilda professor Ye.A.Damir rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Toshkentga qaytgach, avvaliga reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik 1- son shahar klinik shifoxonasi davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.
1987 yilda tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti lavozimiga tayinlandi. SSSR TFA Reanimatologiya instituti markaziy gemodinamika laboratoriyasi va Markaziy vrachlar malakasini oshirish instituti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkir nafas yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sunʻiy nafas olishning yangi usullarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashni patogenetik asoslash bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Ushbu ilmiy tadqiqotlar natijasi sifatida Sh.E.Ataxanov 1995 yilda professor D.M.Sabirov rahbarligi ostida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1997 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. 1998-2005 yillarda Birinchi Toshkent tibbiyot instituti o‘kuv ishlari bo‘yicha prorektori va o‘rindoshlik asosida anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi.
2005 yilda Sh.E.Ataxanov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ish faoliyati davomida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi qonunchilik va meʻyoriy-huquqiy bazasini shakllantirishga katta hissa qo‘shdi.
Sh.E.Ataxanov 2013 yildan buyon ToshVMOI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, shu bilan birga o‘rindoshlik asosida “Anesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib boradi.