Olimlar Kengashi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Olimlar Kengashi


Olimlar kengashi raisi.
Akilov Xabibulla Ataullaevich
Institut rektori. Tibbiyot fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma: 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 268-17-44
E-mail: Kh.Akilov@tipme.uz


Olimlar kengashi rais o’rinbosari
Kasimova Munirahon Sadiqjanovna
O’quv ishlar bo’yicha prorektor, Tibbiyot fanlari doktori
Qabul kunlari: Dushanba-Juma: 14:00-16:00
Telefon: (+99871) 268-29-10
E-mail: uquv_prorektor@tipme.uz


%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%be%d1%802Olimlar kengashi rais o’rinbosari
Ataxanov Shuxrat Ergashevich
Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, Tibbiyot fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma: 14:00-16:00
Telefon: (+99871) 268-25-49
E-mail: shuhrat.atakhanov@mail.ru


%d0%b1%d0%b5%d0%b7%d1%8b%d0%bc%d1%8f%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9Institut olimlar kengashining ilmiy kotibasi
Gulyamova Maktuba Kamalovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma: 14:00-16:00
Telefon: (+99871) 268-22-16; +(99897) 7746181
E-mail: maktuba_2006@mail.ru


Toshkent vrachlar malakasini oshirish instiutining Olimlar Kengashi tarkibi har uch yilga saylanadi, zarurat tug’ilganda tarkib qaytadan ko’rib chiqiladi.

Olimlar Kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi, professor- o’qituvchilarni lavozimga saylash yashirin ovoz berish yo’li bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Institut Olimlar Kengashining yig’ilishlari har oyning so’nggi chorshanbasi kunlari,ba’zan zaruriyat yuzasidan navbatdan tashqari holatda o’tkaziladi. Olimlar Kengashi yig’ilishidan tayyorlangan ko’chirma Rais va Olimlar Kengashi kotibasi tomonidan tas­diklanadi.

Olimlar Kengashining vazifalari:

  • O’quv va taʻlim-tarbiya jarayonini tashkil etish bo’yicha barcha masalalarni ko’rib chiqadi va ular yuzasidan qaror qabul qiladi;
  • ilmiy tadqiqot rejalarini va ilmiy ishlar mavzusini tasdiqlaydi;
  • fakultetlar, kafedralar va boshqa bo’linmalar faoliyatini tashkil etish va soddalashtirish masalalarini ko’rib chiqadi va hal etadi;
  • professor-o’qituvchilar tarkibida kafedra mudiri, professor, dotsenlarni o’zgartirish masalalarini ko’rib chiqadi va qarorlar qabul qiladi;
  • professor-o’qituvchilar tarkibidan va boshqa bo’linmalar xodimlaridan zaxira kadrlarni tayyorlash masalalarini ko’rib chiqadi va hal etadi;
  • fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshka bo’linmalar boshliqlarining o’kuv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlari bo’yicha hisobotini tanlaydi;
  • institutning faoliyatiga taʻlluqli boshqa masa­lalarni ham tahlil etadi.