Terapiya fakulteti

Terapiya fakulteti dekani:
Xamrabaeva Feruza Ibragimovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudirasi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (+99871) 267-56-02
E-mail: kh.feruza@yandex.ru



XAMRABAEVA FERUZA IBRAGIMOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, professor

1962 yilda tug’ilgan, o’zbek.

        1979 yilda umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga o’qishga kirgan. 1986 yili, institutni tamomlaganidan keyin, «O’zbekqishloqmash» TSQ da uchastka terapevt shifokori vazifasida, 1988 yildan esa, Toshkent shahri Xamza tumani sog’liqni saqlash bo’limining №15 poliklinikasining terapiya bo’limi mudiri lavozimida ishlagan.

          1989 yildan 2005 yilgacha, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Tibbiy reabilitatsiya va Fizioterapiya ITI Gastroenterologiya bo’limida, avval kichik, keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

        Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarning patogenetik davosini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgan, bu ishlarning natijalari, 1994 yilda 14.00.34 – fizioterapiya ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun muddatidan avval yakunlangan “Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining asosiga kirgan. Shuningdek, 2000-2002 yillarda FTDQning dasturi bo’yicha bajarilgan, ichki a’zolari va asab tizimi kasalliklari bor bemorlarda, tabiiy va preformatsiyalangan jismoniy omillarni qo’llab davolashning yangi reabilitatsion usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha “Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etgan. Ishlab chiqishlar bir qismining natijalari, 14.00.05 – ichki kasalliklar ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining asosiga kirdi, hozirgi vaqtda, FTDQ ning 2006-2008 yillarga mo’ljallangan dasturi bo’yicha K2.40.4.3 “Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish” loyihasining rahbari. SHuningdek, «Yallig’langan ichak sindromida (SRK) klinik-endoskopik va immunomorfologik tekshiruvlar (Patogenetik va terapevtik tomonlari)» mavzusidagi dissertatsiya ishiga rahbarlik qilmoqda. Mutaxassis sifatida, mualliflik patentlarida aks ettirilgan surunkali ikkilamchi pankreatit va oshqozon yarasi kasalligiga chalingan bemorlarni dori vositalarisiz va kombinatsiyalangan davolashning o’ziga xos usullarini yaratgan.

      F.I.Xamrabaeva tomonidan 6 o’quv dasturlari, 80 dan ortiq ilmiy ishlar, 12 uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari nashr etilgan, 2 ta ixtiro patentlari  chop etilgan. Mehnat faoliyati davomida, o’zini tarbiyali, bilimdon va istiqbolli ilmiy xodim sifatida namoyon qildi. Xodimlar va bemorlar orasida katta hurmatga sazovor.

     MDH davlatlari va chet elllardagi terapevtik va gastroenterologik s’ezdlarning doimiy tizimli ishtirokchisidir.

Xarakterining hususiyatlari: haqgo’ylik, sotilmaslik, olijanoblik, mehnatkashlik, insoflilik.

Turmushga chiqqan. Ikki nafar farzandi bor.

Qisqacha ish faoliyatida erishgan yutuqlari.

     Ilmiy darajasi va unvoni: Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya  ishining mavzusi: «Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi», 14.00.34 – «Fizioterapiya» ixtisosligi bo’yicha (01№000879-1994 y.)

      Tibbiyot fanlari doktori darajasini olish uchun dissertatsiya ishining mavzusi: «Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari», 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha,  (04№003948-2005y.).

       Ilmiy unvonlari: katta ilmiy xodim (02№ 000550-2005 y.), professor (05№ 002618-2012 y.);

     Ilmiy grantlardagi ishtiroki: Bir necha bor FTDQ loyihalari doirasidagi ilmiy ishlanmalarga rahbarlik qilgan va ularda ishtirok etgan: «Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish» (K1 20.4.3.-2000-02yy.), «Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (K2.40.4.3.-2006-08yy),  «Vegetativ distoniya sindromli ba’zi bir oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak va oshqozon osti bezi kasalliklarida, erta tashhislash va davolash usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va optimallashtirish» (ITSS-30-6-2009-11yy.) va «Fizioterapiyani qo’llash bilan, o’n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezi va ichak kasalliklariga chalingan bemorlarda tamaki chekishga tobelikni pasaytirish usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (A10-SS-0-1399020 – 2012-14yy.).

       Shaxsiy hissasi:  kafedrada, oshqozon-ichak trakti kasalliklariga tegishli printsipial yangi yo’nalishni tashqil qildi va kafedra qoshida, keyingi morfologik tekshiruvli mo’ljalga olingan biopsiya o’tkaziladigan endoskopiya xonasini ochdi. MDH da ilk marta, surunkali pankreatitni erta aniqlashning indikatori bo’lgan najas elastazasini sinamasi (test)ni yo’lga qo’ydi.  Har yili respublikaning viloyatlariga chiqib, moderator sifatida ovqatni hazm qilish tizimi kasalliklariga tegishli bo’lgan dolzarb masalalar  bo’yicha maslahat yordami va master-sinflar o’tkazadi. Respublika gastroenterologlarining milliy seminar-maktablarini tashkil qilish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Respublika SSV ning bosh fizioterapevti sifatida, O’zbekistonning fizioterapevt – mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishga katta hissa qo’shib kelmoqda.

    Chet el ilmiy tadbirlaridagi ishtiroki: Har yili, ilmiy ma’ruzalar bilan chet el kongresslari va simpoziumlarida qatnashadi  (RF (har yili), SHvetsiya (2012y.), CHexiya (2013y.), Italiya (2014y.), Ispaniya (2014, 2015),  Germaniya (2015y.), Buyuk Britaniya (2016y.), BAA (2016y.), Vengriya (2017y.),  RF (2017y.), Ispaniya (2017y.)

       Yosh mutaxassislarni tayyorlash: 2006 yildan buyon 3 fan nomzodi tayyorlangan va 4 ta doktorlik dissertatsiyasi yakunlanmoqda.

    Ilmiy ishlari, mualliflik guvohnomalari: 1 monografiya, 185 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 29 ta uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari, 45 dan ortiq o’quv dasturlarini chop etgan, 1 ta  ixtiro patentiga ega.

     Jamiyat va assotsiatsiyalarning ishidagi ishtiroki: Terapiya fakultetining Ilmiy Kengashi va muammolar komissiyasi raisi, ToshVMO instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengash va terapiya bo’yicha malaka toifasini berish bo’yicha attestatsiya komissiyasining a’zosi. SHuningdek, bir qator jamiyatlar va assotsiatsiyalar: Evropaning pankreatologlar Evropa klubi, Rossiya gastroenterologiya assotsiatsiyasi, O’zbekiston terapevtlari Assotsiatsiyasi, Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyatining a’zosi, shuningdek, bir qator ilmiy tibbiy nashrlar: Fizioterapiya, balneologiya i reabilitatsiya jurnali (RF), Klinitsist jurnali (Armaniston), Gastroenterologiya i gepatologiya (Ukraina), Gastroenterologiya jurnali (Tojikiston), O’zbekiston tibbiyot jurnali, O’zbekiston terapiya axborotnomasi, Xalq va salomatlik jurnali, Salomat bo’ling jurnallarining muharrirlik kollegiyalari va muharrirlik kengashlari a’zosi. O’zR SSV bosh fizioterapevti.


Fakultet haqida malumot.

  • Fakultet 1936 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda fakultet 12 ta kafedradan iborat:
  • Ichki kasalliklar kafedrasi
  • Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi
  • Pulmonologiya va allergologiya kafedrasi
  • Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi
  • Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi
  • Funktsional tashhislash kafedrasi
  • A.R.Raximdjanov nomidagi nevrologiya kafedrasi
  • Kardiologiya kafedrasi
  • Gerontologiya va geriatriya kafedrasi
  • Teri-tanosil (dermatovenerologiya) kasalliklari kafedrasi
  • Endokrinologiya kafedrasi
  • Ftiziatriya kafedrasi

Quyidagi professorlar har xil vaqtlarda, fakultet dekani bo’lib ishlaganlar:


 

Shomaxmudov Shokarim Shorustamovich (1966-75 yy.)


 

Ubaydullaev Abdulla Muxaramovich (1975-86 yy.)


 

Boboxodjaev Najim Kayumovich   (1986 g.)


 

Zaxidov Javat Abdullaevich (1987 y.)


 

Gafurov Baxtiyor Gafurovich (1988-89 yy.)


 

Saidkarimov Saidakbar Karimovich  (1990-1997 yy.)


 

Farmankulov Xamid Kosimovich  (1998-2010 yy.)


2010 yildan fakultet dekani vazifasida Xamrabaeva Feruza Ibragimovna ishlab kelmoqda.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, O’zR SSV bosh fizioterapevti, fakultet Ilmiy Kengashi raisi, terapiya bo’yicha attestatsiya komissiyasi, nevrologiya bo’yicha ixtisoslashgan kengashning ilmiy seminari, Rossiya gastroenterologlari assotsiatsiyasi va Evropa pankreatologlar assotsiatsiyalari a’zosi

       Bugungi kunda, ToshVMO institutining terapiya fakultetida, faoliyatning uchta asosiy yo’nalishlari mavjud: ta’lim olish, ilmiy va davolash.
Fakultet kafedralarida 33 ta tibbiyot fanlari nomzodi, 21 professor – ulardan 13 tasi kafedra mudirlari, faoliyat yuritadilar.

        Ta’lim berish faoliyati 12 kafedra tomonidan amalga oshiriladi, har yili fakultetda, Respublikamizning barcha hududlari va poytaxtimizdan 3500 dan ortiq tinglovchilar malaka oshirish ixtisosligi va sikllarini o’tadilar;   har yili klinik ordinatura (150) va doktoranturaga (8-10) qabul amalga oshiriladi.

  • Kafedralardagi mashg’ulotlar, zamonaviy masofadan o’qitish tizimini qo’llagan holdagi eng yangi texnologiyalar yordamida olib boriladi.

   O’quv jarayoni shaharning ixtisoslashgan davolash muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, dispanserlari va poliklinikalarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda, terapiya fakultetining asosiy klinik bo’linmalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:

  • 1Respublika klinik shifoxonasi
  • 6 Klinik shifoxona
  • Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy markazi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy markazi
  • Neyrojarrohlik markazi
  • Gematologiya va transfuziologiya ITI
  • Toshkent viloyati markaziy shifoxonasi
  • 1-chi klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi
  • Kafedralar o’quv jarayonida, ta’lim berishni jadallashtirish va tibbiyot ilmining eng yangi yutuqlarini targ’ibot qilishga yo’naltirilgan ta’lim berishning ilg’or shakllaridan foydalanadilar. Tinglovchilar bilimi nazoratining turli shakllari qo’llaniladi, bu bo’yicha, so’nggi yillarda asosiy o’rinni kompyuter nazorati  egallagan. Klinik ordinatorlar va internlarni tayyorlash faollashdi. Har yili fakultet kafedralaridan 150 dan ortiq klinik ordinatorlar chiqadi tayyor bo’lib chiqadilar.
    ilmiy faoliyat, ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlar va ITI lar negizida olib boriladi. Hozirgi vaqtda, terapiya fakultetining kafedralarida 10 dan ortiq doktorantlar va 18 mustaqil tadqiqotchilar  o’z ilmiy ishlarini  olib bormoqdalar. Joriy yilda 4 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
  • Hozirgi vaqtga 6 ta dissertatsiya ishlari himoyaga tayyorlandi.

        Kafedralar jadal ilmiy-tadqiqot ishini olib boradilar. So’nggi yillarda, bir nechta kafedra, laboratoriya, ilmiy muassasalarning kompleks ilmiy ishlari keng tayyorlanmoqda.

       Avvalgi yillarga nisbatan, grantlarning soni oshdi, fakultet kafedralarining xodimlari tizimli ravishda, grant bo’yicha ilmiy loyihalarning bajaruvchilari bo’lmoqdalar.

       Har yili doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinmoqda.

    Kafedralar, xalqaro faoliyat bilan faol shug’ullanmoqdalar. CHet el firmalari bilan hamkorlik bo’yicha 10 ga yaqin shartnomalar tuzilgan. Kafedralarning 20 ga yaqin xodimlari, menejment va o’zlarining ixtisosliklari bo’yicha tayyorgarlikni chet elda o’tib kelishgan.

       Kafedralarning professor-o’qituvchilar tarkibi, doimiy ravishda, bazaviy davolash muassasalari shifokorlariga maslahat va tashkilotchilik yordamini ko’rsatadilar. Nevrologiya, dermatovenerologiya, fiziterapiya, ftiziatriya, pulmonogologiya kafedralarining mudirlari va professorlari, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari bo’lib hisoblanadilar.

  • davolash faoliyati, kafedralarning bazasi hisoblangan ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, shifoxonalar, poliklinikalar va sihatgohlar tomonidan amalga oshiriladi, u erlarda professor-o’qituvchilar tarkibi, bemorlarni kuzatib boradilar va maslahatlar beradilar, bemorlarning ko’rigini o’tkazadilar, konsiliumlarda ishtirok etadilar va aholiga yuqori malakali professional tibbiy yordamni ko’rsatadilar.
  • Kafedra professorlari, har oyda, sanitar aviatsiya liniyasi bo’yicha maslahatlarni amalga oshiradilar.

Fakultetning asosiy vazifalari, ToshVMO institutining masalalari bilan belgilangan:

  • ilmiy-o’qituvchi lavozimlari uchun kadrlar va zahirani tanlash hamda tayyorlash;
  • kafedralardagi o’quv jarayonini takomillashtirish;
  • ilmiy tadqiqotlarning sifati va samaradorligini oshirish;
  • baza shifoxonalaridagi davolash-tashhislash jarayonini takomillashtirish;
  • xalqaro hamkorlikni faollashtirish;

fakultet kafedralarining xo’jalik faoliyatini  rivojlantirish.


Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti.