Pediatriya fakulteti


Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining pediatriya fakulteti

     Jamiyat salomatligi, kelajak barqarorligi va xavfsizligining asosiy mezoni ayollar va bolalarga bo‘lgan munosabat hisoblanadi.

      Onalar va bolalar salomatligi – mustaqil O‘zbekiston Davlat siyosati, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.

   Pediatriya fakulteti kafedra xodimlarining onalar va bolalar salomatligi masalasi yechimiga muayyan hissa qo‘shayotganligi quvonarli hol.

    Zamonaviy kadrlar tayyorlash – islohotlar muvaffaqiyatining asosi va asosiy omilidir. Tibbiy kadrlarni diplomdan keyingi tayyorlash samaradorligi va ular sifatini yaxshilash esa fakultet xodimlari oldida turgan asosiy vazifadir.

  Fakultet kafedralarining professor-o‘qituvchilari qo‘yilgan vazifalarning uddasidan chiqayotganligini taʻkidlash joiz. Har yili fakultet kafedralarida 2000 nafardan ortiq vrach malaka oshiradi va 200 nafardan ortig‘i ixtisoslik oladi.

   Taʻlim sifatini yaxshilash mezonlaridan biri o‘qituvchining pedagogik mahorati, taʻlimning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanishdir. Axborot texnologiyalari, jumladan, masofadan o‘qitish va telemeditsina zamonaviy texnologiyalar orasida dolzarb hisoblanadi.

Professor-o‘qituvchilar faoliyatida asosiy va ustuvor masalalardan biri – bu ilmiy izlanish va tadqiqotlarni kuchaytirish, ilmiy faoliyatga yoshlarni – klinik ordinatorlar va kafedra katta laborantlarini jalb etishdir.

   Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2009 yil 13 apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1096-sonli Qarori ijrosini taʻminlash maqsadida institut xodimlari oilada reproduktiv salomatlik, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalarida tibbiy madaniyat va bilimni oshirish bo‘yicha aholi orasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks dasturlarni amalga oshirmoqda. Uzluksiz faoliyat Respublikaning barcha viloyatlarida davom ettirilmoqda va bu albatta jismoniy va ruhiy rivojlangan avlodni shakllantirishda o‘z natijasini ko‘rsatadi.

   Umuman institut xodimlari oldida kafedra moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, yangi diagnostika va davolash apparaturalari bilan jihozlash, diplomdan keyin mutaxassislar, ayniqsa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini vrachlari, tez yordam vrachlari, tor mutaxassislik vrachlarini tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha ulkan vazifalar turibdi.

    Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti pediatriya fakulteti  professor-o‘qituvchilari kuch-quvvat va ijodiy g‘oyaga boy. Kafedra pedagoglari sog‘liqni saqlash kadrlari bilimlarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarda yangi ijodiy izlanishlar, insonlar salomatligi va baxti uchun kasalliklar bilan kurashish uchun o‘zlarining barcha bilim va tajribalarini berishga tayyor. Bunda fakultet xodimlari o‘zining oliy maqsad va vatanparvarlik burchini ko‘radi.

Kafedralar

  • 1-pediatriya kafedrasi
  • 2-pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi
  • Akusherlik, ginekologiya va perinatal meditsina kafedrasi
  • 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi
  • Bolalik davri asab kasalliklari kafedrasi
  • Pediatriyada anesteziologiya va intensiv terapiya kafedrasi
  • Neonatologiya kafedrasi
  • Bolalik davri yuqumli va parazitar kasalliklari kafedrasi
  • Narkologiya va o‘smirlar psixopatologiyasi kafedrasi
  • Klinik-laborator diagnostika kafedrasi
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Statistika

    Bugungi kunda ToshVMOI pediatriya fakultetida uch asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boriladi:
    Taʻlim faoliyati fakultetda har yili Respublika poytaxti va viloyatlaridan 4000 nafardan ortiq tinglovchilar ixtisoslashtirish va malaka oshirish tsikllari o‘tadi; shuningdek, hozirgi kunda fakultetda 120 dan ortiq klinik ordinator, 3 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 8 nafar mustaqil izlanuvchi taʻlim olib, o‘z ilmiy izlanishlarini amalga oshirmoqda.
Kafedralardagi darslar taʻlimning zamonaviy tizimi – masofadan o‘qitishni qo‘llash bilan eng yangi texnologiyalarda olib boriladi.
   Davolash faoliyati kafedra professor-o‘qituvchilari bemorlarni ko‘radigan, konsultatsiya qiladigan kafedralarning bazalari bo‘lgan poliklinika va klinikalarda kafedra xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular konsiliumlarda ishtirok etadi va aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Fakultet kafedra professor-o‘qituvchilari har oy sanitar aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha maslaxatlarni amalga oshiradi.
   Ilmiy faoliyat ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar va IAM bazalarida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda pediatriya fakulteti kafedralarida 4 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 10 nafardan ortiq mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqda.
Hozirda ToshVMOI pediatriya fakultetida 80 dan ortiq xodim faoliyat olib boradi. 16 nafar professor, 19 nafar dotsent, 32 nafar tibbiyot fanlari nomzodi shular jumlasidandir.

      Bugungi kunda pediatriya fakultetining asosiy klinik bazalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
  • Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
  • 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasi
  • Ergashev nomidagi 4-son shahar shifoxonasi
  • Respublika narkologiya markazi
  • Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
  • Shahar perinatal markazi
  • 2-son shahar tug‘ruq kompleksi

So'ngi yangiliklar

2018/2019 ўқув йилида клиник ординатурага қабул:

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРИНИНГ            БУЙРУҒИ 2018/2019 ўқув йилида клиник ординатурага қабул қилиш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 майдаги “Ўзбекистон...

Toshkentda “Donor bo‘l – inson hayotini saqlab qol!” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi Next oilaviy majmuasida respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda Qon donorlari kuniga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda aksiya tashkilotchilari “Daryo”ga...

YILNING ENG FAOL 14 HAMSHIRASI

Bugun 13 iyun 2018 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti anjumanlar zalida “Hamshira – 2018” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar hamshira...