Tibbiy profilaktika fakulteti

Tibbiy profilaktika fakulteti dekani.  
Iskandarova Gulnoza Tulkinovna
Fakulteti dekani, Professor.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 13:00-17:00
Telefon:  +99890 185 70 40
E-mail:  gulnoza2874@mail.ru



 Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor 1974 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

          1997 yilda II – Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining sanitariya-gigiena fakultetini bitirgan.

         1997-2002 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Umumiy va neorganik kimyo” institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi.

       2000 yilda «Yangi pestitsid XS-2 ni toksikologik baholash va  atrof-muhit obʻektlaridan gigienik jihatdan meʻyorlash» mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

     2002-2007 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari Ilmiy tadqiqot institutida “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida ishladi.

     2006 yilda «18-27 yoshli o‘smirlar organizmining jismoniy qobiliyati va morfofunktsional rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari, qonuniyatlari va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari» mavzuida  doktorlik dissertatsiyasi ishini himoya qildi.

     2007 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining epidemiologiya kafedrasida professor, kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

      Chop etilgan 367-ta ilmiy ishlarning muallifi. Shulardan: 6-monografiya, 245-maqola (115-ilmiy ishlar to‘plamida; 130-jurnallarda, ulardan 20-tasi chet ellarda chop etilgan). 15-O‘zR sanitariya meʻyorlari, qoida va gigienik normativlari, 2- Qurilish meʻyorlari (KMK), 60- uslubiy tavsiya va qo‘llanma; 30-o‘quv uslubiy qo‘llanma, 20-o‘quv dasturi va 4-ixtiroga mualliflik haqidagi maʻlumotnoma. Hozirgi kunda uning rahbarligida 1-ta nomzodlik va 1-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bajarildi va 2-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ilmiy maslahatchi bo‘lib hisoblanadi.

Oilali, bitta farzandi bor.


I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.


I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.