Kasaba uyushmasi qo’mitasi

ToshVMOI Kasaba uyushma qo’mitasi raisi:
Хаlimbetov Gulomjan Sultanbaevich
klinik ordinatura dekani, Kasaba uyushma qo’mitasi raisi
Qabul kunlari: Dushanba – Juma, 14:00 – 16:00
Telefon: (+99871) 268-15-25
E-mail:  gulom76_tipme@mail.ru

 


1998 yilda II – Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining davolash fakultetini bitirgan.

1998-2001 yilda Pediatriya ITI bioximiya laboratoriyasida kichik ilmiy hodim lavozimida ishlagan.

2001-2003 yilda Pediatriya ITI «Nеоnаtоlоgyia» mutaxassisligi buyicha klinik ordinaturani tamomlagan.

2006 yilda «Bolalarda SVGB klinik-biorimyoviy xarakteristikasi va gaptoglobin fenotipiga bogliqligi» mavzuida  nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilgan.

2006-2009 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik laborator diagnostika kafedrasida katta uqituvchi lavozimida ishlagan.

2009-2011 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining bolalar nevrologiyasi kafedrasida doktoranturani tamomlagan.

2018 yilda «Bolalarda asab tizimi zararlanish asoratlari va klinik-biokimyoviy parallellar» mavzuida  doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilgan.

2018 yilda klinik ordinatura dekani lavozimiga saylangan.

2010 yildan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Kasaba uyushma qo’mitasi raisi  bo‘lib ishlab kelmoqda.

 

O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI TOMONIDAN BELGILAB BERILGAN KASABA UYUSHMALARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Davlat, ish beruvchilar, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va kasaba uyushmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish hamda yanada mustahkamlash.

2. Mehnat va ijtimoiy – iqtisodiy masalalar, respublikada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishga oid qonun xujjatlarini ishlab chiqishda, amaldagi normativ – huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilishida faol ishtirok etish.

3. Kasaba uyushmalari tizimini, barcha bo‘g‘in kasaba uyushmalari organlari, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni davom ettirish, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

4. Aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʻminlashga, yangi ish o‘rinlari ko‘rsatkichlarining ishonchliligini taʻminlashga faol ko‘maklashish, ish o‘rinlarida mehnat muhofazasi qoida va normalariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish.

5. Mehnatkashlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan madaniy – maʻrifiy, sport – sog‘lomlashtirish ishlari sifatini, kasaba uyushmalarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirish.

6. Xodimlar va ularning oila aʻzolarini zamon talablariga binoan sifatli sog‘lomlashtirishni tashkil etish.

7. Boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan o‘zaro manfaatli halqaro hamkorlikni rivojlantirish.

8. Davlat dasturi, kasaba uyushmalarining tarmoq va hududiy dasturlari bajarilishini taʻminlash.

9. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, kasaba uyushmalari tizimiga axborot

 

KASABA UYUSHMASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

1. Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi – kasaba uyushma aʻzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʻnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini muxofaza qilishdan iboratdir.

2. Kasaba uyushmasining asosiy vazifalari:

aʻzolarining millati, jinsi, yoshi va diniy eʻtiqodidan qatʻi nazar mexnat qilish, ishni va kasbni erkin tanlash, adolatli mexnat sharoitida ishlash, ishsizlikdan ximoya qilinishiga doir konstituttsiyaviy xuquqlarini ximoya qilish;

mexnatga xak to‘lash va mexnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etishga va unga rioya qilishga ko‘maklashish;

kasaba uyushma aʻzolarining maʻnaviy – maʻrifiy saviyasini oshirish, bo‘sh vaqtlarini va dam olishlarini mazmunli tashkil etish;

taʻlim va sog‘liqni saqlash rivojlanish darajasiga ko‘ra xodimlar malakasining oshirilishiga va kasbiy qayta tayyorlanishiga, attestatsiyadan o‘tishlariga ko‘maklashish;

kasaba uyushma aʻzolarining nisbatan mexnat qonunchiligi, mexnatni muxofaza kilish va atrof-muxitni muxofaza qilish qonunlari talablariga rioya kilinishini nazorat qilish,ularning xukukiy ximoyasini amalga oshirish;

xodimlar va ularning oila aʻzolarini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga ko‘maklashish;

ish beruvchi bilan tarmoq va xududiy jamoa kelishuvlari, yuridik shaxs maqomiga ega muassasa va tashkilotlar maʻmuriyatlari bilan jamoa shartnomalari tuzish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni o‘rnatish;

kasaba uyushma aʻzolarining mexnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʻnaviy, intellektual xuquq va manfaatlariga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Xukumat karorlari, meʻyoriy xujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;

jamoa mexnat nizolarini bartaraf etishda ishtirok etish.