Xalqaro bo’lim haqida

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i:

Qabul kunlari: Dushanba – Juma, 14:00 – 16:00
Telefon: (+99871) 268-26-56
E-mail: mej.otdel.tashiuv@mail.ru

     Xalqaro bo’lim faoliyati haqida

      Xalqaro aloqalarni kengaytitrish, institut hodimlarini xorijga hizmat safarlari va malakasini oshirish kurslariga yuborish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar tuzish va amalaga oshirish, tibbyot yangiliklari va yutuqlarini amaliy tibbiyotga tadbiq etishga keng yo’l ochish maqsadida 2007 yilda SSV tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtiruvchi Departament tasarrufida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Xalqaro aloqalar bo’limi tashkil etildi.

                                  

      Mazkur bo’limning birinchi rahbari va tashabbuskori Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor, t.f.d. professor Garib Viktoriya Firuzovna bo’lgan. Professor Garib V.F. bilan birgalikda ToshVMOI xalqaro aloqalar bo’limida etakchi mutahassislar Davtyan Ilona Armenovna va Filipova Irina Vasilevna faoliyat olib bordilar. 2013 yildan 2015 yilgacha mazkur bo’limga professor Isamuhamedova M.A. rahbarlik kilgan.

     Xalqaro aloqalar bo’limi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining mustaqil bo’linmasi xisoblanadi. Xalqaro aloqalar bo’limi ToshVMOIning xalqaro faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish va koordinatsiya etish shuningdek chet el fuqarolariga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun institutning faoliyati xaqida axborot yetkazish va institut xalqaro ta’lim tizimiga integratsiyalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Asosiy vazifalar:

  • ToshVMOIning xalqaro aloqalarini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.
    • Dunyoning yetakchi o’quv va ilmiy markazlari bilan samarali va o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, ilm-fan sohasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik dasturlarini tayyorlash.
    • ToshVMOIning xalqaro faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va institutni jahon o’quv, ilmiy va tibbiy tizimlariga integratsiya etish.
  • Xalqaro aloqalar aktivatsiyasi orqali akademik mobillikni kengaytirish, klinik ordinatorlar, yosh olimlar va institutning xodimlarini akademik almashuvini amalga oshirish.
  • ToshVMOIning xalqaro aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish uchun manfaatdor korxonalar va tashkilotlarni jalb etsh.