Kardiologiya kafedrasi

Kardiologiya kafedrasi:
Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna
Tibbiet fanlari doktori, dotsent.
Qabul kunlari: Har kuni 12:00 – 15:00
Telefon: (71) 268-94-06  &&  +998 97 710-05-33
E-mail:  gavhar.m@mail.ru



Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna.

       1964 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, partiyasiz. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kardiologiya, gerontologiya va geriatriya kursi bilan kafedrasida 1987-1989 yillar mobaynida shifokor-katta laborant  lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 1989 -1990 yillarda Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari gospitalida shifokor-terapevt sifatida ishlagan. 1990-1994 yillar mobaynida Semashko N.A. nomidagi Tibbiy reabilitatsiya va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutining kardiologiya bo‘limida katta ilmiy hodim sifatida faoliyat yuritgan.  1994 yilda «Miokard infarktida klinik-patogenitik xarakteristika» mavzusida «Terapiya – 14.00.05» ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.  1994-yildan hozirgi paytgacha TVMOI ning «Kardiologiya, gerontologiya va geriatriya kursi bilan» kafedrasida faoliyat yuritmoqda.  2004 yilda «Kardiologiya – 14.00.06» ixtisosligi bo‘yicha «Miokard infarktida gemostaz trombotsitar zanjirining klinik-patogenetik xarakteristikasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.

       Tulaboeva G.M.- TVMOI koshidagi ilmiy kengash aʻzosi, terapiya fakulteti muammolar xayati komissiyasi aʻzosi, ixtisoslashtirilgan terapevtik ilmiy kengash aʻzosi, kardiologiya attestatsion komissiya aʻzosi, kardiologiya ixtisosligi buyicha TVMOI koshida tashkil etilgan imtixon komissiyasining raisi urinbosari.


           Kardiologiya kafedrasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi tibbiyot fanlari doktori professor Mnushkin Aron Solomonovich tomonidan 1947-1967 yillarda o‘zi raxbarlik qilib kelgan Terapiya №1 kafedra bazasida tashkil etilgan.

 1973-1999 yillar kafedraga O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademiki, Rossiya Tibbiyot Fanlar Akademiyasi muhbir-aʻzosi, fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yuldashev Karim Yuldashevich raxbarlik qilganlar. 1982-yilda «KARDIOLOGIYa» kafedrasi «KARDIOLOGIYa VA FUNKTSIONAL DIAGNOSTIKA» kafedrasi deb qayta nomlangan.

      Ushbu yillarda kafedrada faol mexnat qilib o‘zlarining klinik va pedagogik ilmlarini bo‘lishgan dotsentlar: t.f.n.  Irmuxamedov A.G., t.f.n.  Shayxov E.D., assistentlar t.f.n. Jitnitskaya A.E., t.f.n.  Xaydarov M.X., t.f.n.  Mukimdjanov I.I., t.f.n.  Maksumova M.G.

2002 Uzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi qarori asosida Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti qoshida «Gerantologiya va geriatriya» kursi tashkil etildi, «Kardiologiya va geriatriya» bo‘yicha yangi o‘kuv dasturi ishlab chiqildi va kardiologiya kafedrasi «Kardiologiya geriatriya kursi bilan» kafedrasi deb qayta nomlandi. Barcha dasturlar Uzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlandi.

    «Kardiologii va funktsional diagnostika, gerontologii kursi bilan» kafedrasi Respublika iqtisoslashtirilgan kardiologiya markazida joylashgan.

     2002 – 2012 yillarda kafedraga  tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent,

     Rossiya Tibbiyot-Texnik fanlar Akademiyasi muxbir – aʻzosi Ataxanova Liliya Ergashevna raxbarlik qilgan.

      Kafedra xamkasblari tashabbusi va aktiv ishtiroki bilan, kafedra mudiri Ataxanova L. E. boshchiligida 2011 yilda «Uzbekiston Gerantologlar Assotsiatsiyasi» tashkil etildi. 2008 yilda 30 aprelidagi 148 sonli buyrug‘iga asosan «Funktsional diagnostika» kafedrasi tashkil etildi shu kundan boshlab 2ta mustaqil (Kardiologiya va gerontologiya, hamda Funktsional diagnostika) kafedralar faoliyat kursatishni boshladi.

       2003 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan davrda Ataxanova L.E. tashabbuslari bilan kafedrada «Gerontologiya va geriatriya» mutaxassisligi bo‘yicha diplomdan keyingi taʻlim dasturi, va «Gerontologiya va geriatriya» muammosi bo‘ycha 14ta tematik dastur barcha terapevtik soha shifokorlari uchun ishlab chiqildi.

       «Kardiologiya gerontologiya va geriatriya kursi bilan» kafedrasi raxbari Ataxanovoy L.E. ilmiy mutahasislik bo‘yicha xujjatlar to‘plami tuzilgan   14.00.53. «Gerontologiya va geriatriya» (tibbiet va biologiya fanlari), yangi mutaxasislik barpo etilishiga asos yaratdi.   «Gerontologiya va geriatriya» – 14.00.53, Uzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi VAK prezidiumi qarori bilan 2008 yil 28 sentyabrda № 147/7  tasdiqlangan.

         2012 yildan kardiologiya va gerontologiya kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, dotsent Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna raxbarlik kilmoqda.

Kafedra pedagogik faoliyatida integral protsess jarayoni asosida gastroenterologiya, endokrinologiya, pulmanologiya, allergologiya va x.k. kafedralari bilan  keng hamkorlik qiladi.

         Ilmiy – tekshirish ishlari- Kafedra asosiy ilmiy ishlari «Barcha yoshdagi bemorlar yurak qon tomir kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasiga differentsial yondoshishning kliniko-patogenetik aspektlari» va «Keksa yoshli bemorlarda yurak qon tomir xastaliklarining o‘ziga xos kechishi» mavzulariga bag‘ishlangan. Bu yo‘nalish bo‘yicha 2ta doktorlik ishi, 3ta nomzodlik ishi bajarilgan va xozirgi vaqtda 3doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Kafedrada oxirgi 5 yil davomida 47 ta ilmiy ish bosib chiqilgan, shulardan 6 monografiya, shu bilan birga bir nechtasi chet elda chop etilgan. Kafedrada muntazam ravishda klinik ordinaturada yosh kadrlar tayyorlanib taʻlim oladilar. «Kardiologiya va gerontologiya» kafedrasi Respublika iktisoslashtirilgan kardiologiya markazida joylashgan.


Kardiologiya kafedrasi:
Talipova Yulduz Shavkatovna
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Har kuni 12:00 – 15:00
Telefon: +998 94 613-22-36
E-mail:  y.Talipova@mail.ru


Kardiologiya kafedrasi:
Sagatova Xolida Maxmudovna
T.f.n. assistent.
Qabul kunlari: har kuni 12:00 – 15:00
Telefon: +998 93 558-07-07
E-mail:


Kardiologiya kafedrasi:
Xusanov Abdurasul Abdukarimovich 
T.f.n. assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 94 601-80-08
E-mail:


Kardiologiya kafedrasi:
Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna 
Tibbiyot fanlar doktori. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 71 246-52-74
E-mail:


Kardiologiya kafedrasi:
Azizova Farida Faxritdin qizi 
T.f.n. assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 98 306-00-74
E-mail:


Kardiologiya kafedrasi:
Nuralieva Dilafruz Mamadierovna 
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 97 748-12-96
E-mail:



Manzil: O’zbekiston Respublikasi  
Toshkent shahri
Mirzo Ulug’bek tumani
Osiyo kuchasi 4-uy