Funktsional diagnostika kafedrasi

Funktsional diagnostika kafedrasi:
Yarmuxamedova Gulnora Xabibovna
T.f.d., dotsent, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Payshanba 11:00 – 13:00
Telefon:    +99890 326-50-93
E-mail: funktsional_diagnostika@tipme.uz



       Yarmuxamedova Gulnora Xabibovna 1987 yildan boshlab TVMOIda mexnat faoliyatini ko‘rsatmoqda. 1987 – 1989 yillar shu kafedrada vrach-laborant lavozimida ishladi. Shu vaqtda nomzodlik ishi «Kliniko-patogeneticheskie osnovы primeneniya essentsiale i piratsetama u bolnыx s ostrыm infarktom miokarda» mavzusini himoya qildi. 1993 yildan 2002 yilgacha TVMOI «Kardiologiya va funktsional diagnostika» kafedrasida assistent lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirdi. 1996 yilda nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qildi. 2002 yilda kafedraning dotsenti bo‘ldi. 2003-2008 yillar kafedraning «Funktsional diagnostika» kursini mudiri lavozimida ishladi. 2007 yilda «Arterialnaya gipertoniya, osobennosti techeniya, otsenka antigipertenzivnoy i organoprotektivnoy farmakoterapii» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini ximoya kildi. 2008 yildan hozirgi kungacha TVMOI “Funktsional diagnostika” kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelyapti.


       Funktsional diagnostika kafedrasi 2008 yilda tashkil etildi, biroq kafedra tarixi 1978 yildan boshlangan desak tog‘riroq bo‘ladi. 1978 yilda kardiologiya kafedrasi qoshida K.Yu.Yuldashevning tashabbusi bilan Funktsional diagnostika kursi tashkil etildi.

Kursga 1978-1987 yillarda t.f.n. dotsent Sultonxodjaeva M.N., 1987-2002 yillarda dotsent Xolmatov B.X. raxbarlik kilishdi.  Kursda t.f.n. dotsent Xolmatov B.X., Maksumova M.G. faoliyat kursatishdi. 2002 yildan  kardiologiya kafedrasi funktsional dagnostika kursiga tibbiet fanlari doktori, dotsent Yarmuxamedova G.X. raxbarlik kila boshladi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektorining  dagi № Ich-18   buyrugiga asosan 2008 yilning 16 iyun oyidan Kardiologiya kafedrasi funktsional diagnostika va Pediatriya kafedrasi funktsional diagnostika kurslarining  birlashtirilishi natijasida yangi – Funktsional diagnostika kafedrasi tashkil etildi. Bugungi kunda kafedra tibbiet fanlari doktori, dotsent Yarmuxamedova G.X. raxbarligida faoliyat kursatmokda.

      Bugungi kunda Yarmuxamedova G.X. raxbarligida kafedrada o‘quv- pedagogik va ilmiy faoliyatlarini t.f.d. Abdullaeva Ch.A., dotsent , t.f.n. Kurtieva Sh.A., assistentlar, t.f.n. Alieva D.M., Xidoyatova M.R. olib bormokdalar.

        Kafedrada Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan umumiy amaliet shifokorlari, terapevtlar, pediatrlar, kardiolog va kardiorevmatologlar yurak va qon-tomir kasalliklariga tashhis quyish va davolashda zamonaviy tekshirish usullari buyicha malakalarini oshiradilar.

             

      Kafedramizning asosiy maksadi shifokorlarni yurak-kon tomir kasalliklarining zamonaviy tashxislash usullari bilan tanishtirish: EKG, ExoKG, VEM va TNF kurilmalarida tugri ishlash, ulardan olingan maʻlumotlarni tugri va tulik taxlil kilishga urgatish.

   Bundan tashkari kafedramizda uch oylik va olti oylik mutaxassislik tsikllari tashkillashtirilgan, bu tsikllarda taxsil olgan shifokorlar funktsional diagnostika mutaxassisligi buyicha uz faoliyatlarini olib borishlari mumkin.


Funktsional diagnostika kafedrasi:
Abdullaeva Charos Abdudjalilovna
t.f.d. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 11:00 – 13:00
Telefon:   +99890 324-92-62
E-mail:  charos27_81@mail.ru


Funktsional diagnostika kafedrasi:
Kurtieva Shodiya Asanovna
t.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +9989946966167
E-mail:  funktsional_diagnostika@tipme.uz


Funktsional diagnostika kafedrasi:
Alieva Dilorom Mashrabovna
t.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 324-92-62
E-mail: funktsional_diagnostika@tipme.uz


Funktsional diagnostika kafedrasi
Xidoyatova Muxlisa Raxmatillaevna
assistent
Telefon: +998909609330
E-mail: khidoyatova.m@mail.ru

Функционал диагностика кафедраси (база- 1-Республика клиник шифохонаси)
1) манзил: Тошкент шахар, Миробод тумани, Содик-Азимов кучаси, 74 уй
2) электрон манзил funktsional-diagnostika@tipme.uz
3) тел: 998712334232
4) факс йук
5) иш кунлари: душанба-шанба
6)автобуслар: 80 маршрутклар: 17,30
7)мулжал: Баровский номли тиббиёт колледжи, Miran мехмонхонаси