Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi

Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi:
Isxakov Eldor Djasurovich
T.f.n. Kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 08:00 – 14:00
Telefon:  +998 90 185 44 65
E-mail:  dr.eldor@yahoo.com



    Isxakov Eldor Djasurovich 17.06.1975 y. Toshkent sh.  xizmatchilar oilasida tavallud topgan, millati o‘zbek. O‘ylangan, oilasida uchta farzand bor.

     1988 y. 2-chi Toshkent Davlat tibbiyot instituni davolash fakultetini bitirib, 2000 yilda prof. Saxibov Ya.D. raxbarligida “Gematologiya, xarbiy dala terapiyasi” yo‘nalishida klinik ordinaturada o‘qigan.

     2000-2001 yy. SSV Gematologiya va qon quyish ITI (GQQITI) gemostaz laboratoriyasida kichik ilmiy xodim vazifasini bajargan.

       2001-2005 yy Moskva sh. (Rossiya) RFTA Gematologiya ilmiy Markazida aspiranturada o‘qib, akad. Vorobev A.I. va prof. Saxibov Ya.D. raxbarligida “Luchevaya diagnostika i monitoring opuxoli sredosteniya i posttsitostaticheskoy kardiopatii pri limfogranulematoze i limfosarkomax”  ilmiy yo‘nalishini yoritib 2006 y. tibbiyot fanlar nomzodligiga erishgan.

      2001 y. boshlab va bugungi  kungacha GQQITI klinikasining 1-chi kattalar gematologiya bo‘limida vrach-ordinator lavozimida va 2010 yildan boshlab ilmiy raxbar lavozimida faoliyatini ko‘rsatmoqda.

       2009 yildan  O‘zR SSV-da shtatdan tashqari  onkogematologiya yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslaxatchi bo‘lib xizmat qilayapti.

      2011 y. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (ToshVMOI) Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi xamkorligida “Klinik onkogematologiyaning asoslari” kursini tashkil qilishda faol qatnashgan va uni boshqargan.

      2012 yildan ToshVMOI gematologiya va transfuziologiya kafedrasini assistenti, 2015 yildan dotsent v.v.b. lavozimlarida o‘rindosh bo‘lib xizmat qilgan.

     2016-2017 yy. SSV GQQITI klinikasini davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (bosh shifokor) lavozimida faoliyatini ko‘rsatgan.

      Avgust 2017 yildan boshlab ToshVMOI gematologiya va transfuziologiya kafedrasini mudiri v.v.b.  lavozimida ishlashga boshladi.


Gematologiyaning ilk maktabi Toshkent shaxrida akademik Kryukov Aleksandr Nikolaevich tomonidan tadbiq etilgan. 1940 yilda Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti tashkil qilindi.

Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi 1961 yil professor Suleymanova  Gulbaxrom Suleymanovna tomonidan tashkil qilinib, 1984 yilga qadar kafedra mudirasi lavozimida ishlab kelgan.

1985yildan 2017yilgacha  akademik Bahromov Saidjalol Maxmudovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida bir necha minglab vrachlar mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirganlar. Kafedrada 25 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlanib, hozirda ular gematologiya va transfuziologiya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston va chet el mamlakatlarida ilmiy pedagogik va davolash ishlarini davom ettirishmoqda.

Kafedra xodimlari  tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari faol olib borilmoqda.

Hozirda kafedra mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi Isxakov Eldor Djasurovich faoliyat yuritib kelmoqda.




Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi:
Baxromov S.M
T.f.d. professori.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 90 9271010
E-mail:   s_baxramov@mail.ru


Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi:
Osipova L.A.
T.f.n. Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 08:00 – 13:00
Telefon:  +998 71 2786435
E-mail:  kaf_gematologiya@tipme.uz


Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi:
Abduraxmonov O.M.
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 08:00 – 13:00
Telefon:  +998 90 9040069
E-mail:  kaf_gematologiya@tipme.uz


Gematologiya va transfuziologiya kafedrasi:
Inoyatov X.P.
T.f.n. Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 08:00 – 13:00
Telefon:  +998 94 6111561
E-mail:  kaf_gematologiya@tipme.uz



Manzil:  O’zbekiston Respublikasi
Toshkent shahri
Toshkent 100097
Chilonzor rayon
prospekt Bunetkor 42 a
+998712737382.