Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi

Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Arifov Saidqosim Saidazimovich
T.f.d. Professorkafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99891-191-08-69
E-mail:  arifov1961@rambler.ru



     Saidqosim Saidazimovich Arifov 1984 yil Toshkent Davlat tibbiet institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.  1984 -1986 yy. U Dermatologiya va venerologiya ITI klinik ordinaturada o‘qigan, 1986-1988 yy. kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1988 -1991 yy. Markaziy tera va tanosil kasalliklar institutida (Moskva) aspirant bo‘lgan. S.S. Arifov 1991 yilda kandidatlik (“Sovershenstvovanie terapii bolnыx krasnыm volosyanыm lishaem Deverji s uchetom sostoyaniya perekisnogo okisleniya lipidov”) va 1994 yil doktorlik (“Rol individualnыx osobennostey organizma v klinicheskom techenii, patogeneze vitiligo i razrabotka kompleksnogo metoda lecheniya”) dissertatsiyasini himoya qilgan..   1991-1998 yy. Dermatologiya bo‘limini mudiri va ilmiy rahbari bo‘lib ishlagan. 1999-2012 yy. U Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining ilmiy ishlay bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 1998 yildan boshlab esa Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasining mudiri. 2007 yil u «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Sog‘likni Saqlash xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

       S.S. Arifov «Dermatovenerologiya i estetitik tibbiyot» jurnali bosh muxarrining muovini, «Klinicheskaya dermatologiya i venerologiya” (Moskva), «Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorovya» (Uzbekistan), Yujno-Uralskogo meditsinskogo jurnala» (Chelyabinsk) jurnallari taxririyati aʻzosi, Toshkent shaxri va Toshkent viloyat dermatovenerologlar ilmiyg‘amaliy jamiyatining raisi. Uning rahbarligi ostida “Teri va tanosil kasalliklari” bo‘yicha 16 nomzodlik va 6 ta doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. U 400 dan ortiq maqolalar mualifi. 19 ta monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, 32 ta metodik tavsiya va qo‘llanmalar, 7 ta patent va ixtirolar shular   jumlasidan. U JSSTning 2 ta va 4 ta Davlat grantlarini muvoffaqiyat bilan bajarishda qatnashgan va rahbarlik qilgan.


      1932 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tashkil etilgandan keyin Toshkent tibbiyot institutining teri va tanosil kasalliklar kafedrasi qishida vrachlarni malakasini oshirish bo‘yicha dotsentlik kursi tashkil etilgan. 1931 yilning oxirida ushbu kurs  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedrasiga aylantirildi va u O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITI bazasida joylashgan.

1932 yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining teri va tanosil kasalliklari kafedrasini birinchi mudiri etib A.I. Kartamыshev saylangan.  U 1919 y. Peterburgdagi Xarbiy-tibbiyot akademiyasi tugatgan va 1928 yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Kiev dermatovenerologiya maktabining nomoyondasi.U ilmiy ishlarni va kafedradagi kapital qurilish ishlarini  rivojlantirishga, teri –tanosil dispanserlarida serologik laboratoriyalarni tashkil etishga katta hissa qo‘shgan. 1930-1939 yillar Toshkent tibbiyot institutining teri va tanosil kasalliklar kafedrasini mudiri bo‘lgan. A.I. Kartamыshev ter iva tanosil kasalliklarning patogenezi va davosining  dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 50 ta ilmiy ish muallifi. U kafedrani 1939 yilgacha boshqardi.

            1933 -1938 yillar teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga  dotsent G.I.  Umanskiy rahbarlik qilgan.  Uning rahbarligi ostida dermatovenerolog vrachlarni malakasini oshirish uchun mahalliy va epidemiologik sharoitlarni inobatga olib birinchi dasturlar yaratilagan.  G.I. Umanskiyning monografiyasida bolalik erta davri va kattalarda terining gistopatologik tekshirishlari keltirilgan.

       1938 yildan boshlab teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga  professor A.S. Zelmanovich (1891–1956 yy..) mudirlik qilgan. Uning rahbarligi ostida kafedra va O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITI xodimlari birgalikda sifilidologiya sohasida  bir qator ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular  eksperimental hayvonlarda issiq sharoitda sifilisning  klinik kechish hususiyatlari, terining zamburug‘li kasalliklari rivojlanishining etiopatogenetik mexanizmlarini o‘rganganlar va davolashning original usullarini yaratganlar, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalarida kasbga oid kasalliklar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borganlar. A.S. Zelmanovichning monografiyasida (1948 y.) vismut preparati bilan davolaganda, uning buyrakni shikastlanishdagi klinik-eksperimental  izlanishlar yoritilgan.

       1952-1953 yilla teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga  Vladimir Isidorovich Feldman rahbarlik qilgan. U tug‘ma va orttirib olingan zaxm, yumshoq shankr diagnostikasi va davosi masalalariga, piodermiya, mikrobli ekzema va streptokokklarni rivojlanishida travmaning roliga katta ahamiyati bergan. Uning 40 ta ilmiy ishlarida dermatologiya va venerologiya muammolari monografiya va darsliklarda («Ranniy vrojdennыy sifilis», «Lechenie kojnыx i venericheskix bolezney») aks etgan. U kam uchraydigan dermatozlarni, yaʻni Randyu- Osler–Veber kasalligi, norvegiyalik qo‘tir kasalliklarini bayon etgan.

      1938 yildan boshlab teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga  professor I. A. Telishevskiy mudirlik qilgan Uning raxbarligi ostida 12 nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan U «Chartak», sihatgoxining mineral suvlari bilan dermatozlarga balneoterapiya o‘tkazishni o‘rgangan, I. A. Telishevskiy 100 ta ilmiy ish muallifi bo‘lib, ular ichida monografiyalar, atla-spravochnik, darsliklar, klinik, klinik-eksperimental va tashkiliy-metodik ishlar alohida o‘rin tutadi.   Unga «O‘zbekiston SSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» unvoni berilagn.

    1976-1977 yillar kafedraga dotsent Xamidulla  Xusanovich Xusanov rahbarlik qilgan. U 1940 yil Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tomomlagan va  1940 – 1941 Toshkent shaxar 3-sonli poliklinikada pediatr, bosh vrach lavozimida ishlagan. 1941 yil dekabr oyida Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan va u Ikkinchi jahion urushida polkning kichik vrachi,  med san rotasini komandiri, qabul qilish-taqsimlar vzvod boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan

       1947 – 1950 yillar u O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITIda klinik ordinatura o‘tdi, 1950-1953  yillar ushbu institutda kichik ilmiy xodim bo‘lib ishladi.

      U 1951 yildan boshlab ToshVMOIning teri va tanosil kasalliklari kafedraning assistenti bo‘lib ishladi, 1958 y. nomzodlik dissertatsiyasini  («Gistologicheskie izmeneniya sifilidov koji u bolnыx sifilisom, lechennыx ekmonovotsillinom») .yoqladi. 1961 yil kafedra dotsenti, 1962-1964 yillar terapiya fakulteti dekani, 1964-1966 yillar uquv ishlar bo‘yicha prorektor, 1966-1979 yillar. ToshVMOIning rektori lavozimlarida ishladi. U 100 ilmiy maqola, ulardan 7 tasi monografiya, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kosmetologiyadan manografiya muallifi bo‘lgan.

      X..X. Xusanov «Otechestvennoy voynы II stepeni», «Krasnoy Zvezdы», «Znak Pocheta» ordenlari, «Za oboronu Stalingrada», «Za vzyatie Budapeshta», «Za osvobojdenie Pragi», «Za pobedu nad Germaniey», «Za trudovыe otlichiya» medallari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

   1978-1989 yillar kafedraga  prof. Abdulxay Xadjaevich Abdullaev mudirlik qilgan. U  1942 yilToshkent tibbiyot institutini o‘z hohishi bilan ikkinchi jahon urishiga ketgan. 1946-1950 yillar 7-sonli Toshkent shahar kasalxonasida vrach, bo‘lim mudiri, bosh shifokor lavozimlarida ishladi. A.X. Abdullaev 1952 yil u O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITIga ilmiy xodim lavozimiga qabul qilindi va 1959-1976 yillar ushbu  institutning venerologiya bo‘limini boshqardi. 1964 yildan 1968 yilgacha direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini vazifasini bajardi. U 1976 yildan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining dermatovenerologiya kafedrasida avval dotsent, keyin 1978 yildan esa  mudiri bo‘lib ishladi. A.X. Abdullaev 7 ta tibbiyot fanlar nomzodini tayorlagan, 100 dan ortiq ilmiy ish, ilmiy-ommabop broshyuralar, metodik tavsiyanomalar chop etgan, ko‘p darsliklarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U “Za doblestnыy trud“ medali, Oliy sovet prezidiumining faxriy yorliqlari va «Sog‘liqni saqlash aʻlochisi» belgisi bilan taqdirlangan.

        1989-1993 yillar kafedrani t.f.d. N. A. Xudayberdiev boshqargan. U 1969 yil Toshkent tibbiyot institutinining davolash fakultetini tomomlagan. 1975 yil nomzodli, 1990 yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy ishlari sifilis va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalarining patogenezi, klinik kechishi va davosiga, hamda bepushtlikni shakllanishi bag‘ishlangan. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalar oqibatida kelib chiqqan reproduktiv buzilish bilan og‘rigan bemorlarga  davolash-diagnostik va profilaktik yordam berish maqsadida N.A. Xudayberdiev «Sog‘lom avlod uchun» hususiy klinikasida «Andrologiya – ginekologiya» bo‘limini tashkil qilgan.  U bir qancha ilmiy ishlar muallifi, uning shogirdlari mamlakatimizning turli hil davolash-profilaktik tashkilotlarida xizmat qilmoqda.

       1993-1994 yillar kafedra mudiri bo‘lib dotsent Abid Salixovich Salixov ishlagan. U  yil Toshkent tibbiyot institutini  yuitirib 1948-1950 yillar Karaqalpag‘iston avtonom Respublikasining Biy-Bazar qishloq vrachli uchastkasida, 1950-1953 yillar Respublika teri-tanosil kasalliklar dispanserida bosh shifokor bo‘lib ishlagan. 1953-1957 yillar u O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITIda ordinator lavozimida ishladi va uning ilmiy ishlari  professional teri kasalliklariga qarshi kurashni takil qilish paxta sovxozlarida keng tarqalgan terining yiringli kasalliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan. A.S. Salixov 1957 yildan boshlab ToshVMOIning dermatovenerologiya kafedrasi aspiranti bo‘lib u Mokvadagi Markaziy vrachlar malaka oshirish institutga safarga yuborilgan. U 1961 yil nomzodlik dissertatsiyasini («Materialы k xarakteristike funktsionalnogo sostoyaniya korы nadpochechnikov u bolnыx psoriazom») himoya qildi va u og‘ir shaklda kechadigan psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda buyrak usti bezining rezervi keskin pasayganligini tasdiqladi. 1968 yil u dermatologiya va venerologiya kafedrasining dotsenti lavozimiga saylandi va 2000 yilga qadar ushbu kafedrada ishladi. U60 ilmiy maqolalar muallifi, «Sog‘liqni-saqlash aʻlochisi» belgisi va bir qancha faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

       T.f.n., dotsent Javlon Raximberdievich  Karimberdiev 1994-1998 yillar kafedra mudiri lavozimida ishladi 1974 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tomomlagan. U 1974-1976 yillar  O‘zbekiston teri va tanosil kasalliklari ITIda ordinator, bo‘lim mudiri lavozimida ishladi. U 1976-1994 yillar ToshVMOIning dermatologiya va venerologiya kafedrasida assistent, 1998 – 2017 yillar – kafedra dotsenti lavozimida ishladi. 1990 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U 25 ilmiy ish muallifi.

     Dermatologiya va venerologiya kafedrasida turli yillar  quyidagi malakali xodimlar ishlagan: dotsent Xidirov X.N., assistentlar Ilyasov B.I., t.f.n. Usmanov T.U., Mirsaatov M.U., t.f.n. Alieva S.G., Desyatchikova A.V., t.f.n. Alimov X.A., t.f.d. Abidova Z.M., Nasretdinov I., starshie laborantы Abdumalikov R., Kuchkarov U., t.f.d. Nabiev T.A., Kazakbaev F., aspirantlar t.f.d., prof. Xamidov Sh.A., Kilыchev R.M.

    Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerolgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (RIDVIATM) joylashgan.

     Xozirgi kunda kafedrada quyidagi xodimlar ishlaydi: professor Arifov S.S., dots. Abdurashidov A.A., assistentы: t.f.n. Ganieva Sh.T., t.f.n. Kasimov A.E, t.f.n. Azimova F.B. Xodjaeva M.B., t.f.d. Sabirov U.Yu., t.f.n. Abidov A.M., t.f.d. Eshboev E.X.

   1994 yildan xozirga qadar uquv jarayoniga dermatovenerologiyadan 18ta, dermatokosmetologiyadan 8 ta yangidasturlar tsikllarga tadbiq etildi.

    Xozirgi kunda kafedraning ilmiy yo‘nalishi – vitiligo, rozatsea, vulgar xunsbuzar va boshqa autoimmun kasalliklarning patogenzi, klinik kechishi va davosini o‘rganish va patogenetik davo uslublarini ishlab chiqish. Kafedra xodimlari po‘rsildoq yarani sistem enzimlar va lazeroterapiyani qo‘llab patogenetik davosini, rozatseani davosida uch tomnlama eradikatsion davoni qo‘llash, vitiligoni  «Lipovitilin» bilan davolash usulini ishlab chiqishganlar.

      Kafedraning ish faoliyati davomida 4 ta doktorlik, 20 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, 800 dan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan 27 ta monografiya va dasrliklar chop etilgan.

      Kafedra xodimlari chop etgan «Spravochnik (atlas) po dermatovenerologii dlya prakticheskogo vracha», “Teri va tanosil kasalliklari” (shifokorlarga qo‘llanma), “Klinicheskaya dermatologiya i venerologiya (atlas)”, “Vitiligo” (monografiya) kitoblar nafaqat dermatovenerologlarni, balki boshqa soha mutaxassilarining kitob javonidan o‘rin olgan.

       Kafedra «Zdorove – 2», UNDP, JSST va boshqa halqaro tashkilotlar bilan jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazadi, JSSTning ikkita grantini muvoffaqiyati bajargan. Dermatovenerologiyaning dolzarb muammosi bo‘lgan psoriaz va vitiligo bo‘yicha respublika viloyatlari uchun distantsion o‘qitish olib borishadi. Kafedra xodimlari (Arifov S.S., Abdurashidov A.A.)  «Umumiy amaliyot shifokori uchun dermatovenerologiyadan qo‘llanma»ni yaratish bo‘yicha innovatsion grantni muvaffaqiyatli bajardilar. Sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ilmiy-amaliy yordam berish ular tez-tez respublikaning viloyatlariga boradilar.

     Kafedra xodimlari birinchi marta (2013, 2014) kosmetologiyadan o‘quv-amaliy konferentsiyalarni o‘tkazdilar.RIDVIATM bilan birgalikda ular O‘zRning Davlat grantlari, konferentsiya va sʻezdlarni o‘tkazishadi

      Kafedra xodimlari halqaro kongresslarda (Portugaliya, Irlandiya, Jeneva, Frantsiya, Italiya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Indiya, Yujnaya Koreya, Chexiya, Avstriya i dr.maʻruzalar bilan faol ishtirok etadi


Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Abdurashidov Abduqodir Abduxamidovich
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99890-352-00-73
E-mail:   d.aaa@mail.ru


Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Ganieva Shaxnoza Tursunovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99890-349-21-47
E-mail:


Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Xodjaeva Muxlisa Baxodirovna
Assitent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99890-315-52-15
E-mail:  hmuhlisa@mail.ru


Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Azimova Fotima Vaxidovna
T.f.n. Assitent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99897-333-70-66
E-mail:  venera_15129@mail.ru


Dermato-venerologiya va kosmetologiya kafedrasi:
Kasimov Alisher Irkinovich
T.f.n. Assitent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  
E-mail:  



e-mail:  kaf_venerologiya@tipme.uz

Manzil:   Farobiy ko‘chasi 3 uy,