Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi

Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Xamrabaeva Feruza Ibragimovna 
T.f.d. professor, kafedra mudirasi.
Qabul kunlari: Har kuni 14:00 – 17:00
Telefon: +998 90 316-36-39
E-mail: kh.feruza@yandex.ru



XAMRABAEVA FERUZA IBRAGIMOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, professor

1962 yilda tug’ilgan, o’zbek.

        1979 yilda umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga o’qishga kirgan. 1986 yili, institutni tamomlaganidan keyin, «O’zbekqishloqmash» TSQ da uchastka terapevt shifokori vazifasida, 1988 yildan esa, Toshkent shahri Xamza tumani sog’liqni saqlash bo’limining №15 poliklinikasining terapiya bo’limi mudiri lavozimida ishlagan.

          1989 yildan 2005 yilgacha, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Tibbiy reabilitatsiya va Fizioterapiya ITI Gastroenterologiya bo’limida, avval kichik, keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

        Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarning patogenetik davosini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgan, bu ishlarning natijalari, 1994 yilda 14.00.34 – fizioterapiya ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun muddatidan avval yakunlangan “Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining asosiga kirgan. Shuningdek, 2000-2002 yillarda FTDQning dasturi bo’yicha bajarilgan, ichki a’zolari va asab tizimi kasalliklari bor bemorlarda, tabiiy va preformatsiyalangan jismoniy omillarni qo’llab davolashning yangi reabilitatsion usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha “Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etgan. Ishlab chiqishlar bir qismining natijalari, 14.00.05 – ichki kasalliklar ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining asosiga kirdi, hozirgi vaqtda, FTDQ ning 2006-2008 yillarga mo’ljallangan dasturi bo’yicha K2.40.4.3 “Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish” loyihasining rahbari. SHuningdek, «Yallig’langan ichak sindromida (SRK) klinik-endoskopik va immunomorfologik tekshiruvlar (Patogenetik va terapevtik tomonlari)» mavzusidagi dissertatsiya ishiga rahbarlik qilmoqda. Mutaxassis sifatida, mualliflik patentlarida aks ettirilgan surunkali ikkilamchi pankreatit va oshqozon yarasi kasalligiga chalingan bemorlarni dori vositalarisiz va kombinatsiyalangan davolashning o’ziga xos usullarini yaratgan.

      F.I.Xamrabaeva tomonidan 6 o’quv dasturlari, 80 dan ortiq ilmiy ishlar, 12 uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari nashr etilgan, 2 ta ixtiro patentlari  chop etilgan. Mehnat faoliyati davomida, o’zini tarbiyali, bilimdon va istiqbolli ilmiy xodim sifatida namoyon qildi. Xodimlar va bemorlar orasida katta hurmatga sazovor.

     MDH davlatlari va chet elllardagi terapevtik va gastroenterologik s’ezdlarning doimiy tizimli ishtirokchisidir.

Xarakterining hususiyatlari: haqgo’ylik, sotilmaslik, olijanoblik, mehnatkashlik, insoflilik.

Turmushga chiqqan. Ikki nafar farzandi bor.

Qisqacha ish faoliyatida erishgan yutuqlari.

     Ilmiy darajasi va unvoni: Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya  ishining mavzusi: «Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi», 14.00.34 – «Fizioterapiya» ixtisosligi bo’yicha (01№000879-1994 y.)

      Tibbiyot fanlari doktori darajasini olish uchun dissertatsiya ishining mavzusi: «Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari», 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha,  (04№003948-2005y.).

       Ilmiy unvonlari: katta ilmiy xodim (02№ 000550-2005 y.), professor (05№ 002618-2012 y.);

     Ilmiy grantlardagi ishtiroki: Bir necha bor FTDQ loyihalari doirasidagi ilmiy ishlanmalarga rahbarlik qilgan va ularda ishtirok etgan: «Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish» (K1 20.4.3.-2000-02yy.), «Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (K2.40.4.3.-2006-08yy),  «Vegetativ distoniya sindromli ba’zi bir oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak va oshqozon osti bezi kasalliklarida, erta tashhislash va davolash usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va optimallashtirish» (ITSS-30-6-2009-11yy.) va «Fizioterapiyani qo’llash bilan, o’n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezi va ichak kasalliklariga chalingan bemorlarda tamaki chekishga tobelikni pasaytirish usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (A10-SS-0-1399020 – 2012-14yy.).

       Shaxsiy hissasi:  kafedrada, oshqozon-ichak trakti kasalliklariga tegishli printsipial yangi yo’nalishni tashqil qildi va kafedra qoshida, keyingi morfologik tekshiruvli mo’ljalga olingan biopsiya o’tkaziladigan endoskopiya xonasini ochdi. MDH da ilk marta, surunkali pankreatitni erta aniqlashning indikatori bo’lgan najas elastazasini sinamasi (test)ni yo’lga qo’ydi.  Har yili respublikaning viloyatlariga chiqib, moderator sifatida ovqatni hazm qilish tizimi kasalliklariga tegishli bo’lgan dolzarb masalalar  bo’yicha maslahat yordami va master-sinflar o’tkazadi. Respublika gastroenterologlarining milliy seminar-maktablarini tashkil qilish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Respublika SSV ning bosh fizioterapevti sifatida, O’zbekistonning fizioterapevt – mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishga katta hissa qo’shib kelmoqda.

    Chet el ilmiy tadbirlaridagi ishtiroki: Har yili, ilmiy ma’ruzalar bilan chet el kongresslari va simpoziumlarida qatnashadi  (RF (har yili), SHvetsiya (2012y.), CHexiya (2013y.), Italiya (2014y.), Ispaniya (2014, 2015),  Germaniya (2015y.), Buyuk Britaniya (2016y.), BAA (2016y.), Vengriya (2017y.),  RF (2017y.), Ispaniya (2017y.)

       Yosh mutaxassislarni tayyorlash: 2006 yildan buyon 3 fan nomzodi tayyorlangan va 4 ta doktorlik dissertatsiyasi yakunlanmoqda.

    Ilmiy ishlari, mualliflik guvohnomalari: 1 monografiya, 185 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 29 ta uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari, 45 dan ortiq o’quv dasturlarini chop etgan, 1 ta  ixtiro patentiga ega.

     Jamiyat va assotsiatsiyalarning ishidagi ishtiroki: Terapiya fakultetining Ilmiy Kengashi va muammolar komissiyasi raisi, ToshVMO instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengash va terapiya bo’yicha malaka toifasini berish bo’yicha attestatsiya komissiyasining a’zosi. SHuningdek, bir qator jamiyatlar va assotsiatsiyalar: Evropaning pankreatologlar Evropa klubi, Rossiya gastroenterologiya assotsiatsiyasi, O’zbekiston terapevtlari Assotsiatsiyasi, Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyatining a’zosi, shuningdek, bir qator ilmiy tibbiy nashrlar: Fizioterapiya, balneologiya i reabilitatsiya jurnali (RF), Klinitsist jurnali (Armaniston), Gastroenterologiya i gepatologiya (Ukraina), Gastroenterologiya jurnali (Tojikiston), O’zbekiston tibbiyot jurnali, O’zbekiston terapiya axborotnomasi, Xalq va salomatlik jurnali, Salomat bo’ling jurnallarining muharrirlik kollegiyalari va muharrirlik kengashlari a’zosi. O’zR SSV bosh fizioterapevti.


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi tarixi

      Kafedra 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, birinchi kafedra mudiri sifatida professor D.A. Kogan faoliyat yuritgan. Keyingi yillarda kafedraga t.f.n. dotsent Ter-Akopyan, professor R.A. Katsenovich, professor 3.A. Dalimov, dotsent M.X. Yuldasheva, professor B.X. Arifdjanov va dotsent X.J Xasanovalar boshchilik qilib kelganlar.

     Yillar davomida kafedra rivojiga Ilinskiy I.P., Alimova M.Yu., Akramxodjayeva L .A., Ilxamdjanova D.X., Adambayev Z.I., Azimova F.I., Avazmatova X.R., Arslanova D.M., Salixova M.R., Daminov R.U. .Madunseva O.G., Frolova L.V. va Turikov A.A. kabi dotsent va tibbiyot fanlari nomzodlari salmoqli hissa qo‘shganlar

       Sog‘liqni saqlash tizimida modernizatsiya va qayta shakllantirish jarayonida 1947 yilda kursantlar tarkibi o‘zgardi va shifokorlarni yangi mutaxassislik – «Qayta tiklash tibbiyoti» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish extiyoji paydo bo‘ldi. Qayta tiklash tibbiyoti o‘zining tarkibiga fizioterapiyadan tashqari «Davolash jismoniy tarbiyasi», «Sport tibbiyoti», «Shifokor nazorati»kabi mutaxassislikni o‘z tarkibiga oladi.

     2006 yildan buyon kafedraga Uzbekistan Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Respublika Bosh fizioterapevti, Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti terapiya fakulteti dekani t.f.d. professor Xamrabayeva Feruza Ibragimovna rahbarlik qilib kelmokda. 2008 yilda kafedra mudiri tashabbusi bilan kafedra «Gastroenterologiya va fizioterapiya» deb nomlanadi.

“GASTROENTEROLOGIYA VA FIZIOTERAPIYA” KAFEDRASI DASTURI

     Dasturni o‘z soxasining yetuk mutaxasislari, ma’naviy, pedagogik va metodik saviyasi va maxorati yukori darajadagi bo‘lgan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan «Davlat talim standartlar» asosida, ta’lim soxasida chetel tajribalaridan xabardor, ta’limni islox qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi, Oliy O‘quv Talim Vazirligi va Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar bilan tanishgan, kafedra hodimlari tayyorlangan. Dasturda slaydalar, chizmalar, diagrammalar, tablitsalar, video-materiallar, test, didaktiv materiallar. tarqatma materiallar, muxokama qilinadigan savollar, situatsion masalalar va ularning yechimlari mavjud. Xozirgi kunda kafedrada tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida, zamonaviy fizioterpiya apparatlari mavjud. O‘tilgan mavzularni mustaxkamlash maqsadida kafedra bazalari bo‘limlarida doimiy ravishda professor ko‘ruvlari bo‘lib, bunda bemorlar  klinik taxlil qilinadi.

                    

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

       Oxirgi 10 yillikda kafedrada 16 nomzodlik va 4 doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. Ilmiy izlanishlar materiallari bo‘yicha oxirgi yillarda kafedra xodimlari tomonidan Respublika va Xorijiy matbuotda “Gastroenterologiya va fizioterapiya” muammolarini yorituvchi 756 ta ilmiy ishlar, 6 ta monografiya, 248 dan ziyod metodik qullanmalar va informatsion xatlar chop etildi.


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Yuldasheva Lola Irkinovna
T.f.n., dotsen.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon: +998 90 996-73-75
E-mail:  yuldasheva-gastro@mail.ru


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Kadirova Saodat Raximdjanovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon: +998 71 934-59-88
E-mail:


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Sultanova Dilbargul Achilovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Atabayeva Saodat Muzaffarovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 91 164-86-94
E-mail:  doctorcaodat@mail.ru


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Tulyaganova Fazilat Muxuddinovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 374-88-80
E-mail:  tfmdiamond@gmail.com


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Yuldasheva Gulchexra Rustamovna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 919-13-83
E-mail:  yuldashev.b2012@mail.ru


Gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi:
Kayumov Aziz Ilxamovich
KIXI
Qabul kunlari: Chorshanba-shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 91 534-35-89
E-mail:  qayumov-aziz@mail.ru


1) Манзил: Тошкент шаҳар, Яшнабод тумани, 100047 , Махтумқули кўчаси 103 уй.
2) Электрон манзил:gastroenterologiya@tipme.uz
3) Телефон: +998712894198
4) Факс: йўқ
5) Иш кунлари: Душанба-Шанба
6) Автобуслар:72, 80, 10, 28, 44, 148, 18, 70, 155, марштутка 17,62
7) Метро: ХАМИД ОЛИМЖОН бекатидан 1.05 км. АМИР ТИМУР 1 км
8) Мӯлжал:Тошкент Стоматология институт,« Физиотерапия» бўлими ёнида жойлашган
(Эски ТошМИ).