Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi

Kafedra mudiri:
Asadov Damin Abduraximovich
Tibbiet Fanlari Doktori,Professor
Qabul kunlari: Hat kun 11:00 – 14:00
Telefon:  +998 71 2681626
E-mail: asadovdamin@gmail.com



                                 DAMIN ABDURAXIMOVICh ASADOV

      Asadov Damin Abduraximovich, 1940 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining «Jamoat salomatligi, sog‘likni saqlashni boshqarish» kafedrasi mudiri.

            D.A.Asadov 1963 yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatib, mehnat faoliyatini Golodnostepstroyga  qarashli vrachlik ambulatoriyasida boshlagan. 1965-1968 yillarda Leningrad shahrida aspiranturada, 1968-1970 yillarda O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy xodim, 1970-1976 yillarda O‘lka meditsinasi ilmiy tekshirish i\nstitutida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. D.A.Asadov 1976-1979 yillarda Nigeriya Federativ Respublikasining Kano shtati sog‘liqni saqlash vazirligida maslahatchi va bir vaqtning o‘zida Murtala Muhammad nomli gospitalning bosh konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1979-1981 yillarda D.A.Asadov Angren shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining boshlig‘i, 1981-1982 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1982-1989 yillarda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi muovini, 1989-1997 yillarda Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, 1997-1998 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rektori, 1998-2003 yillarda sog‘likni saqlash vazirining birinchi muovini lavozimida ishlagan. 2003 yildan hozirgi kunga qadar u Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, moliyalashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

            D.A. Asadovning O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida olib borgan tashkilotchilik faoliyatini alohida  qayd etish mumkin. U Angren shahar  tibbiyot tizimini rahbari bo‘lib faoliyat ko‘rsatganida davolash-profilaktika muassasalarini boshqarishda progressiv usullarni qo‘llanilishi va mahalliy boshqaruv idoralari bilan o‘rnatilgan samarali aloqalar tufayli katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Sobiq SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Angren shahri aholiga samarali va sifatli  tibbiy yordam tashkil etilgan shahar deb eʻtirof etildi.

            1989 yil D.A.Asadov Akusherlik-ginekologiya Institutiga rahbar etib tayinlanganda ushbu tibbiyot muassasasi nihoyatda tushkun holatda edi. Lekin qisqa muddat ichida uning kadrlar va moddiy-texnik salohiyati mustahkamlanib zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan eng ilg‘or tibbiyot maskaniga aylandi.

            D.A.Asadov Toshkent pediatriya meditsina institutining rektori sifatida ikki yil faoliyat olib bordi, shu davr oralig‘ida amalga oshirilgan salohiyatli ishlar mazkur oliy o‘quv yurtining kelajak taraqqiyotini taʻminlab berdi.

            1998 yilda D.A.Asadov ikkinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi muovini etib tayinlandi. Unga yuklatilgan asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini o‘rnatilgan muddatda va to‘laqonli bajarilishini tashkillashtirish edi. Maʻlumki Davlat dasturida qisqa vaqt ichida O‘zbekiston tibbiyot tizimining birlamchi bo‘g‘inini qayta tashkillashtirish, mutlaqo yangi  g‘oyaga asoslangan, aholiga yuqori sifatli va bepul ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimini yaratish, tibbiyot sohasiga ajratilayotgan davlat byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, onalar va bolalar salomatligini yanada mustahkamlash va boshqa bir qator muhim tadbirlar ko‘zda tutilgan edi. Ushbu masʻuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishida D.A.Asadovning tajribasi va beminnat mehnati salmoqli o‘ringa ega.

            D.A.Asadov 1968 yili tibbiyot fanlari nomzodi va 1993 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1997 yili unga professorlik unvoni berildi. D.A.Asadov O‘zbekiston  Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, viloyatlarda tibbiyot infratizimini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy, tashkiliy, ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy  va amaliy salohiyatini  hamda xalqaro miqyosdagi tajribasini etirof etgan holda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti uni 1991-1997 yillar davomidagi anjumanlariga maslahatchi sifatida taklif etgan. U 2002 va 2003 yillarda  ushbu nufuzli tashkilotning 55 va 56 Assambleyalarida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini rahbari sifatida faol qatnashgan va maruzalar qilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshirig‘i bilan  D.A.Asadov  AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Yaponiya, Daniya, Singapur, Turkiya, Indoneziya, Janubiy  Koreya, Tayland, jami 20 dan ortiq mamlakatlarda  O‘zbekiston tibbiyotininig  turli  yo‘nalishlari,  shu  jumladan sog‘liqni  saqlash tizimida amalga  oshirilayotgan islohotlar haqida  ilmiy  maʻruzalar qildi.

       U rahbarlik qilayotgan kafedrada o‘n mingdan ortiq tibbiyot sohasining rahbar xodimlari malakasini oshirgan. Kafedrada o‘qitish jarayoni eng zamonaviy uslublar yordamida olib boriladi. Rahbar xodimlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasining eng ilg‘or tibbiyot muassasalarida  faoliyat ko‘rsatayotgan  yuqori malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi topshirig‘iga binoan kafedrada  Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va barcha viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va ularning muovinlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari tibbiyotda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va boshqaruv tizimi faoliyatini takomillashtirish mavzularida  muntazam  ravishda malakalarini oshiradilar. 


KAFEDRA TARIXI

“Ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash” kafedrasi 1947 yilda tashkil topgan. 2001 yildan ushbu kafedra “sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, moliyalashtirish va boshqarish” deb yuritiladi. Kafedra tashkil etilgandan buyon 1994 yilga qadar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach, t.f.n., dotsent Yo.K.Mo‘minov, t.f.n. A.Ya.Karasyov, dotsentlar A.V.Shevelev, Ye.S.Timm, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach, t.f.d., professor S.A.Agzamxodjaev, dotsentlar A.V.Boqiev, A.M.Xamitovalar kafedraga raxbarlik qilgan. 1994 yildan hozirgi kunga qadar kafedraga t.f.d., professor Asadov Damin Abduraximovich raxbarlik qilmoqda. Kafedraning nomlanishi 2017 o‘quv yilidan “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish”ga o‘zgartirilgan.

BIZNING FAXRIYLARIMIZ
Mengliqulov Paraxat Rsqulovic
Kuptsova Larisa Yurevna
Tohri Abduvahob Abduraximovich

    

O‘quv tsikllari: UMO (Umumiy malaka oshirish) (144 soat),
MMO (mavzuiy malaka oshirish) (72soat)
Spetsializatsiya kurslari: Soglikni saqlash tizimiga raxbar kadrlar zaxirasini shakllantirish)
Statistika (Tibbty statistika)
Qisqa muddatli kurslar: – Sog‘liqni saqlashda menedjment (36 soat)
– Dalillarga asoslangan tibbiyot asoslari (36 soat)
– Ilmiy tadqiqotlar etikasi (36 soat)
-Onalik va bolalikni ximoya qilish dasturlarini boshqarish
-(JSST bilan hamkorlikda; 36 soat)
Foydali manbalar: www.minzdrav.uz , www.LEX.uz , www.norma.uz , https://stat.uz, www.who.int

KAFEDRANING KUNDALIK XAYoTI

       Kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tashkilotchilar va ilmiy kadrlar tayyorlaydi. Undan tashqari kafedra xodimlari sog‘liqni saqlash tizimi muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish, halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda dasturlar va loyihalarni amalga oshirish jarayonida faol qatnashadi.

     Yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 4 ta yo‘nalishdagi o‘quv-uslubiy dastur asosida respublika va viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, tug‘ruqxonalar va bolalarni sog‘lomlashtirish tibbiyot muassasalari rahbarlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan 40 ta umumiy va mavzuiy tsikllar o‘tqazildi.

       2002 yildan buyon kafedra qoshida respublika davolash profilaktika muassasalari bosh va katta hamshiralarining malakasini oshirish kurslari tashkil qilingan. Ushbu tsiklda yiliga 500 dan ortiq, bosh va katta hamshiralar sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralik ishishni tashkillashtirishning zamonaviy printsiplarini o‘rganadi.

         

KAFEDRANING ILMIY-AMALIY FAOLIYaTI

         Professor D.A.Asadov rahbarligida o‘tgan davr mobaynida kafedrada 400 ga yaqin ilmiy ishlar chop etildi, shulardan 17 monografiya, 30 uslubiy qo‘llanma, 18 o‘quv qo‘llanma, 20 klinik qo‘llanma-standartlar. Keyingi 15 yil davomida kafedrada 24 ta fan doktorlari va 40 yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

HALQARO ALOQALAR

   Jamoat salomatligi.sog‘likni saklashni boshqarish kafedrasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti,

      (JSST) YuNISEF, YuNFPA, GIZ, CDC, BMTning Taraqqiyot Dasturi, JSSTning Regional O‘quv Markazlari bilan hamkorlikda ilg‘or tashkiliy texnologiyalarni amaliyotga tadbiq qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

   Kafedra 1947-yilda » Ijtimoiy gigiena va sog’likni saqlashni tashkil qilish» nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning asoschisi va birinchi mudiri xizmat ko’rsatgan Fan va texnika arbobi, O’zSSRda xizmat ko’rsatgan vrach, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Yakub Karimboevich Muminov 1956-yilga qadar ushbu kafedraga raxbarlik qilish bilan birga Semashko nomidagi kurortologiya va fizioterapiya institutining direktori lavozimida ishlagan. Y.K.Muminov uzining qator ilmiy – amaliy ishlari bilan balnoterapiya, fizioterapiya, klimatologiyaning xamda O’zbekiston Respublikasida sanatoriya – kurortologiya soxasining rivojiga o’z xissasini qo’shgan.

    Kafedrani 1956-1957 yillarda t.f.n., A.Y.Karasyov, 1957-1962 yillarda dotsent A.B. Shevelev, 1962-1964 yillar davomida dotsent Y.S.Tim boshqargan.

    Mazkur kafedrani 1964-yildan 1988-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan vrach, t.f.d., professor Said Agzamovich Agzamxodjaev boshqargan.

        Professor S.A. Agzamxodjaev  120 dan ortiq ilmiy ishlar , 8 monografiya, 10 ta risola, 6 ta «Sog’likni saqlashni tashkil etish va ijtimoiy gigiena savollari» deb nomlangan ilmiy to’plamlar muallifidir. U kishi raxbarligida 2 ta doktorlik va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan.

  1994-yildan boshlab bugungi kunga йadar kafedraga t.f.d., professor Damin Abduraximovich Asadov raxbarlik qilib kelmoqda.


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Yusupaliev Baxodir Kaxramanovich
Tibbiet fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 71 2681741
E-mail:


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Ibagimov Aziz Yuldashevich
Tibbiet fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 71 2681741
E-mail:


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Axmedov Tura Gafurovich
Tibbiet fanlar nomzodi,  Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 71 268-17-41
E-mail:


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Aripov Timur Yusufovich
Tibbiet fanlar nomzodi,  Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 71 2681741
E-mail:  timur_aripov@tipme.uz


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Xakimov Valixon Alixanovich
Tibbiet fanlar nomzodi,  Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 71 268-17-41
E-mail:   hva-kaf@umail.uz


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Gorbunova Irina Grigorevna
Katta o’qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 71 268-17-41
E-mail:   


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi:
Aniezova Dilfuza Jdumanazarovna
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 71 268-17-41
E-mail:  adilfuza@gmail.com



Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti,
O‘quv binosi – 6 qavat.