Valeologiya kafedrasi:
Irgashev Shuxrat Boisovich
T.f.d. professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:



     Professor, t.f.d., taniqli kardiolog-marfolog va jamoat arbobi Irgashev Shuxrat Boisovich 2006 yildan Valeologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlaydi.

    U kishining ilmiy izlanishlari kardiologiyaning rivojiga va sog‘lomlashtirish tibbiyoti taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda. Kardiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengash aʻzosi, mazkur yo‘nalishlardagi 200 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislari respublikada va xorijdagi nufuzli tibbiyot jurnallarida nashr qilingan. Qator monografiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalaning muallifi.

     Ibn Sino Xalqaro Fondini tashkil etishda  tashabbusskor bo‘lgan va ushbu NNTning birinchi Raisi sifatida faoliyat olib borgan. Sog‘liqni saqlash aʻlochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


     Кафедра тарихи 1948 йилда «Тиббиётнинг фалсафий муаммолари» кафедраси ташкил этилгандан бошланади. Valeologiya kafedrasini turli davrlarda taniqli olim professorlar va o‘qituvchilar boshqarganlar: S.N. Berger (1948-1951), I.B. Sinelnikov (1951-1953), A.M.Smirnov (1953- 1954), V.F.Sorokin (1955-1969), A.I.Lunyova (1969-1970), A.A.Fayziev (1971-1976). 1976 yildan kafedrada kurs tashkil etilgan bo‘lib, uni dotsent I.M. Xaydarov boshqargan. 2002 yildan boshlab kurs «Sog‘lom turmush tarzining falsafasi va tillar» nomli kafedrasiga qayta tashkil etilgan, bu kafedrani 2006 yilgacha dotsent O.M. Agzamova boshqargan. Sog‘liqni saqlash isloxotlari davrida faqatgina profilaktik tibbiyot yo‘nalishigagina emas, balki sog‘lomlashtirish tibbiyotiga ehtiyoj tug‘ildi. 2006 yil martidan boshlab kafedrani t.f.d., professor Irgashev. Sh.B. boshqarayapti, u nafaqat kafedraning rivojlanishiga balki sog‘liqni saqlashni sohasi bo‘lgan sog‘lomlashtirish tibbiyotiga katta hissasini qo‘shdi. Bunga asos bo‘lib, tibbiy mutaxassisliklar orasida Valeologiyani predmet sifatida rivojlanishi bo‘ldi. 2006 yilda valeologiya tibbiy mutaxassisliklar reestriga kiritildi, hamda ToshMVOIning  Ilmiy Kengashining  qarori bilan kafedraga Valeologiya nomi berildi.       Sog‘liqni saqlashni islohotlari dasturida oldinga surilgan vazifalarga asoslangan xolda yangi vrach – valeolog mutaxassislarini tayyorlashga ehtiyoj tug‘ildi, u sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning zamonaviy yondashuvi, sog‘lomlashtirish tibbiyotini valeologik printsiplarini, havfsiz  xulq – atvorni  shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Xozirda kafedrada professor – o‘qituvchilar  ishlamoqdalar. Kafedra rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shayotganlar: dotsent O.M.Agzamova dotsent N.M.Mamatova, va boshqalar. 2016-2017 yillarda  kafedrada yangi dasturlar ishlab chiqildi: «Valeologiya – sog‘lomlashtirish tibbiyotining asosiy fani»,«Aholi salomatligini shakllantirishda xulq-atvor omillarining roli va ahamiyati» Valeologik tamoyillar, «Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning zamonaviy uslublari va yo‘nalishlari» 144 soatlik, Vrachlarni ixtisoslashgan malakasini oshirish uchun «Hayot tarzini shakllantirishda valeologik tamoyillar» – 216 soatlik, Masofadan o‘qitish uchun 72 soatlik, Rahbarlarni o‘qitish  uchun – 36 soatlik, tor mutaxassislarni o‘qitish uchun-72 soatlik va boshqalar.

     Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: “Uzbekiston Respublikasida aholi o‘rtasida  STT ni shakllantirishni zamonaviy yo‘nalishlari”, u xalqimizning an’analari va mentalitetini hisobga olgan xolda,  ilmiy dalillarga, aholi bilan ishlash usullariga asoslangan. Ushbu ilmiy yo‘nalishga ko‘ra kafedrada doktorlik va bir necha nomzodlik dissertatsiyalari olib borilmoqda.

Ilmiy ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligining Markaziy poliklinikasi №2 TSK bazasida, hamda viloyat va shaxar Salomatlik va tibbiy statistika institutining filiallarida olib borilmoqda.

     Ilmiy ishning zamoniy usullar va shakllari Sog‘liqni saqlash vazirligining TSK poliklinikasida individual darajadagi ta’siri kiritilmoqda. Toshkent shaxri, Toshkent viloyati va respublikamizda aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida institutlarda, kollejlarda va maktablarda Valeologik tamoyillar amaliyotga tadbik etilmoqda.

     Professor Irgashev Sh.B. boshqaruvi ostida kafedrada 2009 – 2011 yillarda GNTP Davlat granti asosida “O‘zbekiston Respublikasida Sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida zamonaviy yo‘nalishlarini ishlab chiqish” mavzusidagi  ilmiy loyixa ustida tadkikotlar olib borilgan.

Respublikada birinchi marta, professor Irgashev tomonidan “Tibbiy valeologiya” kitobi tayyorlandi, u vrachlarning diplomdan keyingi tayyorgarligi uchun, hamda tibbiyot institutlarining talabalari va amaliyot vrachlariga mo‘ljallangan. Uning tomonidan rus va o‘zbek tillarida valeologiyaning yo‘nalishlariga asoslangan uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan.

Oxirgi uch yil ichida kafedrada nashr etilgan: 9 maqolalar, 4 ta uslubiy  qo‘llanmalar, 15 tezislar, “Tibbiy valeologiya” kitobi 2 ta tilda. Kafedra xodimlari xorijiy simpoziumlarda, respublikamizning ilmiy–amaliy konferentsiyalarida, forumlar va s’ezdlarda ishtirok etganlar.Valeologiya kafedrasi qoshida “O‘zbekiston Valeologlar assotsiatsiyasi tashkil” etildi.


Valeologiya kafedrasi:
Fayzieva Nozima Nurillaevna
t.f.n. dotsent
Qabul kunlari: chorshanba, juma 14:00 – 15:00
Telefon:
E-mail: nozima.fayzieva@mail.ru


Valeologiya kafedrasi:
Narzikulova Surayo Polvonkulovna
Assistent
Qabul kunlari:
Telefon: +998 71 268-13-12
E-mail: surayo.narzikulova@mail.ru


Valeologiya kafedrasi:
Toraqulov Dilmurod Davrankulovich
Assistent
Qabul kunlari: dushanba – juma 15:00 – 17:00
Telefon: +998 71 268-13-12
E-mail: valeoass@mail.ru


Valeologiya kafedrasi:
Shayxova Umida Raufovna
t.f.n. Assistent,
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Valeologiya kafedrasi:
Marakaeva Elvira Rimovna
Assistent.
Qabul kunlari: 
Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:



Manzil:

  1. Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tum., Parkent ko‘ch. 51, Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti. Eski bino, kirish o’rtada, 1-chi qavat, Valeologiya kafedrasi
  2. Toshkent sh., Yunusobod tum., Niezbek yo’li 3, 6-chi ko’cha, Markaziy hukumat poliklinikasi №2 TSB
  3. Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tum., Mirzo-Ulug‘bek prospekti, 38 O’zbekiston Respublikasining Sog’liq va tibbiyot statistikasi instituti