Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi

Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Abdukadirov Abdusalom Abdukadirovich
Professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: har kuni 14:00 – 17:00
Telefon:   +998909282198
E-mail:   doc-abdukadirov@mail.ru



       Armiyada xizmatini   tugatganidan so‘ng  Poltava tibbyot stomatologiya institutini aʻlo baholarga tugatdi.  Aʻlo o‘qishi va  jamoatda tashkilotchilik qobiliyatni hisobga olgan holda  shu institutning xirurgik stomatologiya kafedrasiga kliniki ordinaturada o‘qishga  tavsiya qilindi. Ordinatura tugatganidan so‘ng  bir yil ToshMI xirurgik stomatologiya kafedrasida assistent vazifasida ishladi.1986-1989 yillari tanlov asosida Moskvada Markaziy stomatologiya ilmiy tekshirish innstitutining bosh va bo‘yin  bo‘limida klinik aspiranturaga o‘qishga qabul qilingan.  O‘qish yillarida  u  Ittifoq va  dunyoga mashxur bo‘lgan olimlar V.M. Bezrukov, V.A. Sukachev, V. I. Gunkolar dan tahsil odldi va nitijada 1989yili « Klinika, diagnostika i lechenie «Long face syndrome» mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Vatanga qaytganidan so‘ng u Toshkent Viloyat yuz-jag‘ jarrohligi markazi tashkil qildi va direktorlik lavozimida va TVMOI xirurgik stomatologiya kafedrasi assistenti vazifasida ishladi.1992 yildan boshlab   o‘z amaliy-ilmiy faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi tarixida birinchi bo‘lib ikkala jag‘larda o‘tkaziladigan ortognatik operatsiyalarni yo‘lga  qo‘ydi. Ambulator xirurgik operatsiyalardan dental implantolgiya yo‘nalishini rivojlantirishda salmoqli hissa qo‘shdi. Klinitsist-olimning ilmiy-amaliy  ko‘rsatkichlarnini etiborga olgan holda TVMOI rahbariyati uni shu institut xirurgik stomatologiya kafedrasini mudiri lavozimiga taklif qilishdi. Shu o‘tgan davr ichida u «Sovershenstvovanie rekonstruktivnыx operatsiy  u  vzroslыx bolnыx s sochetannыmi deformatsiyami chelyustey»  mavzusiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Professor Abduqodirov o‘z  pedogogik va ilmiy potentsialini malaka oshirishga kelgan shifokorlarni o‘qitishga qaratdi va Respublikamizda bu sohanang rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

       U 30-dan ortiq o‘quv dasturlar, metodik qo‘llanmalar, 2-mualliflik patenti, 80-dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar va 2-ratsionalizatorlik takliflarning avtoridir.


       Kafedraning asosiy ilmiy –amaliy yo‘nalishi bu yallig‘lanish kasalliklari, yuz-jag‘ rekonstruktiv-plastik  xirurgiyasi, dental implantologiya, yuzning tug‘ma anomaliyalari, yuz-jag‘ sohasi  travmatologiyasi, o‘smasimon va o‘sma kasalliklari va chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklari hisoblanadi.Kafedrada kattalar va bolalar   oral va yuz-jag‘ xirurglarini mutaxasislarini qayta tayorlash, umumiy, mavzuiy malaka oshirish va klniik ordinatura bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv jarayonlari olib boriladi.

     Buning uchun 1,3, 3,5,6 va 9-oylik o‘quv tsikillari o‘quv dasturlari asosida  olib borilmoqda.


Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Xatipova Marvara Garipovna
Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998911901649
E-mail:   xir.stom@bk.ru


Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Baxriev Ulugbek Toshtemirovich
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998901896568
E-mail:   xir.stom@bk.ru


Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Djumaev Furkat Azamovich
kafedra mudirasi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998901762026
E-mail:   xir.stom@bk.ru


Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Daminov Sherzod Boltabaevich
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998909204900
E-mail:   xir.stom@bk.ru


Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi:
Shayunusov Shoilxom Shabaxromovich
kafedra mudirasi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998935015577
E-mail:   xir.stom@bk.ru



Manzil: O’zbekiston Respublikasi

Toshkent shahri

Yunus Abad tumani

G’ayrat ko’chasi 24-uy

7-shahar shifoxonasi 3-bino