I-Stomatologiya kafedrasi

I-Stomatologiya kafedrasi:
Alimov Alisher Sadikovich
Professor
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 178-32-37
E-mail:  stomatologiya1@inbox.uz



      Alimov A.S. 1977 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini a’lo baholar bilan tugatdi. 1977-1978 yillarda ToshDavTI ning gistologiya kafedrasida izlanuvchi bulib ishladi. 1978-1979 yillarda Toshkent shahri 4-sonli stomatologiya poliklinikasida ortopedik stomatologiyadan internatura utdi. 1979-1980 yillarda shu poliklinikaning jarroxlik va ortopedik bolimlarida stomatolog bolib ishladi.1980-1982 yillarda xarbiy bolimda stomatolog bolib ishladi.  1982 yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutining ortopedik stomatologiya kafedrasiga  klinik ordinaturaga kirdi, 1984-1987 yillarda shu kafedraning aspiranturasida oqidi. 1988 yilda (Moskvada) «Miya insulti asoratlari bor bemorlarni tish-jag sistemasining xolati va ularga ortopedik yordam korsatishning oziga xosligi» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. 1987 yildan 1999 yilgacha ToshDavTI ning ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti bolib ishladi. 1999 yildan 2006 yilgacha  ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 2005 yilda «Kardioserebral patologiyasi bor bemorlarni kompleks  stomatologik davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2006-2007 yillarda ToshVMOI  1- Stomatologiya kafedrasi dotsenti, 2007 yildan boshlab professor lavozimida ishladi. 2010 yildan xozirga vaqtgacha ToshVMOI  1-Stomatologiya kafedrasi mudiri bolib ishlamoqda. Alimov A.S.ning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari, 7 ta metodik va 5 ta oquv- metodik qollanmalari chop etilgan.  Professor Alimov A.S. tomonidan kardioserebral patologiyasi va miya insulti bor bemorlarga stomatologik yordam kursatish taktikasini ishlab chiqildi va praktikaga kiritildi.

      Professor Alimov A.S.  birinchi bolib parodont kasalliklarini davolashda «liposomal bioemulsiya» va rezonans terapiya usulini qolladi, shuningdek protezli allergik stomatiti bor bemorlarga plastinkali tish protezini ichki yuzasini adgeziv sistema bilan qoplash uslubini ishlab chiqdi va praktikaga kiritdi.

       1- Stomatologiya kafedrasi 1985 yilning 24 sentyabr oyida OzbResSSVning №1169 sonli buyrugiga asosan tashkil topdi.

1985-1997 yillarda dotsent Gafurova D.F. kafedra  mudiri.

1997-2009 yillarda dotsent  Xudoyberdiyev G.E. kafedra  mudiri.

2010 yildan xozirga vaqtgacha  Alimov A.S. kafedra  mudiri bolib ishlamoqda.


       Kafedraning asosiy ilmiy yunalishi «Parodont va ogiz boshligi shilliq qavati kasalliklarini profilaktikasi va davolash uslublarini ishlab chiqarish». Kafedra xodimlari 7 ta kandidatlik va 1 ta doktorlik dissertasiyasini yoqladilar. Xozirgi vaqtda kafedrada 3 ta izlanuvchi dissertasiya ustida ishlamoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi, 4 ta avtorlik guvoxnomasi va 2 ta patent olindi, 20 ta rasionalizator takliflar, 40 dan ortiq metodik va oquv- metodik qollanmalari chop etildi. Kafedrada umumiy stomatologlar ( birinchi zvenoda ishlovchi stomatolog-shifokorlar), terapevt va ortoped stomatologlar malaka oshiradilar. Kafedrada kursantlarni byudjet va xojalik xisobidan oqitish olib boriladi. Shuningdek umumiy stomatologlar, terapevt va ortoped stomatologlar  ixtisoslashtirish sikllari boyicha malaka oshiradilar. Kafedrada umumiy stomatologiya (288 s.), terapevtik stomatologiya (72s.,144s.), ortopedik stomatologiya  (72s.,144s.),  ixtisoslashtirish terapevtik (3,5 va 6 oy) va ortopedik stomatologiya boyicha (3,5 va 6 oy) sikllar otiladi.


I-Stomatologiya kafedrasi:
Muminova Gulnara Gayniddinovna
Dotsent
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 93 180-45-11
E-mail:  stomatologiya1@inbox.uz


I-Stomatologiya kafedrasi:
Shamsiyev Faxriddin Xamidullayevich
Assistent
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 99 816-75-80
E-mail:   stomatologiya1@inbox.uz


I-Stomatologiya kafedrasi:
Abduyusupova Kamola Mirvaliyevna 
Assistent
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 920-31-87
E-mail:  stomatologiya1@inbox.uz


I-Stomatologiya kafedrasi:
Azizov Alisher Mirobidovich 
Assistent
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 329-19-16
E-mail:  stomatologiya1@inbox.uz


Manzil: O’zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar
Mirzo Ulug’bek tumani
Qora-suv dahasi
Mingbuloq ko’chasi 40-uy
1-Stomatologiya poliklinikasida joylashgan.

Shuningdek kafedraning  bazalari: Toshkent shahar Yunus Obod tumani 5- stomatologik poliklinika va ToshVMOIning kop tarmoqli poliklinikasi.