Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
Azizov Mirxakim Javxarovich 
Tibbiyot fanlar doktori, professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 08:00 – 11:00
Telefon:   233 – 10 – 30 
E-mail:  niito–tashkent@yandex.ru



1950 yili Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan.

1974 yil AndMIning davolash fakultetini tomomlagan.

1975 – 1982 yillarda tuman shifoxonasida travmatolog – ortoped bulib ishlagan.

1982 – 1984 yillarda Moskva shaxrida TSITO da klinik ordinaturani o‘tagan.

Klinik ordinaturani tomomlagach II Toshkent Davlat Tibbiet Institutida assistent, 1992 yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib bordi.

1987 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1994 yil M.J.Azizov UzTOITI yirik bo‘g‘imlari va umurtqa pog‘onasi bo‘limiga rahbar etib tayinlandi.

U tomonidan Respublikada son – chanoq bo‘g‘imiga zamonaviy endoprotez turlarini  o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.

1995 yili  M.J.Azizov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1997 yili M.J.Azizov O‘zbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutida direktor etib tayinlandi.

      Uning rahbarligi ostida institutning barcha faoliyatida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chet eldagi ko‘pgina ilmiy markazlar bilan soxa bo‘yicha aloqalar tiklandi.Professor M.J.Azizov Butunjaxon travmatolog – ortopedlar assotsiatsiyasi “SICOT”, Rossiya Federatsiyasi travmatolog – ortopedlar  assotsiatsiyasi,bir nechta maxalliy va xorijiy tibbiyot jurnallari redaktsion kengashi aʻzosi. Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti olimlar, ilmiy va maxsus kengashlar raisi.U butun jaxon “SICOT”  kongressi (S.Peterburg, 2002 y., Kuba, Gavana, 2004 y.); Xalqaro simpoziumlar  2000 y. –Tutlingen sh. Germaniya, 2001 y. –Jeneva sh. Shveytsariya, 2003 y. –Kardiff sh. Buyukbritaniya, 2002 y. –Moskva sh. Rossiya, 2003 y. – Ostana sh. Kazaxstan, 2004 y. –Kurgan sh. Rossiya katnashchisi. Uning raxbarligida 5 ta Fan doktori va 12 ta fan nomzodi tayyorlangan.M.J.Azizov 200 dan ortik ilmiy ishlar, 3 ta monografiya, 30 ta uslubiy qullanmalar va 31 ta patent muallifi.


TOShKENT VRAChLAR MALAKASINI OShIRISh INSTITUTI TRAVMATOLOGIYa VA ORTOPEDIYa KAFEDRASI TARIXI.

       Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qoshidagi travmatologiya va ortopediya kafedrasi 1940 yilda B.I.Berliner boshchiligida tashkil kilingan. Kafedraning tashkil topishi Ulug‘ Vatan urushi davriga to‘g‘ri kelgan va shu tariqa kafedra xodimlari nafaqat mutaxassis-vrachlarni tayyorlash bilan cheklanmay, balki Ulug‘ Vatan urushi nogironlarini davolash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy ishlar bilan xam shug‘ullanganlar. 1952 yilda kafedra dotsentlik kursiga aylantirilib, qayta tashkil etilgan. Bu davrda o‘quv ishlarini kafedra assistenti Marchenko M.I. olib bordi. 1955 yilda dotsentlik kursi mudir lavozimiga TOITI ning katta ilmiy xodimi N.M. Shamatov saylangan .

      1960 yilda dotsentlik kursi qaytadan travmatologiya va ortopediya kafedrasiga aylantirilib, shtatida kafedra mudiri N.M. Shamatov va ikki assistent, M.I.Marchenko xamda tibbiyot fanlari nomzodi V.V.Sinyov bo‘lganlar.1964 yilda kafedra 5 kishidan iborat bo‘lib, kafedra mudiri professor N.M.Shamatov, dotsent V.V.Sinyov, assistentlar, tibbiyot fanlari nomzodi F.K.Maqsumova, U.S.Islombekov, Sh.Sh.Xamraev.

       1975 yil iyun oyida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagach kafedra mudiri lavozimiga Sh.Sh.Xamraev saylandi. 1976 yilda professor ilmiy unvoni berildi. 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini kafedra assistenti Islombekov U.S. yoqlab, 1977 yil may oyida TOITI qoshidagi jaroxat asorati bo‘limiga ilmiy raxbar etib tayinlandi. Kafedra assistenti U.S.Islombekov o‘rniga K.Yuldoshev taklif etildi.

        1985 yilda professor Sh.Sh.Xamraevning boshqa ishga utishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari doktori  U.S.Islombekov tayinlanib, F.K.Maqsumova o‘rniga esa assistent lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi A.I.G‘iyosov tayinlandi va 1988 yilgacha ishladi.Keyinchalik kafedra assistenti lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi K.R.Nomozov taklif qilindi. Dotsent V.V.Sinyov 1992 yilgacha kafedrada ish faoliyatini olib bordilar.

         1992 yil dotsent V.V.Sinyov nafaqaga chiqishi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan kafedra dotsenti lavozimiga t.f.n. K.R.Namazov tayinlandi. 1996 yilda dotsent Q.R.Namozov kasallik natijasida nogironlik nafaqasiga chiqdi. 1997 yildan dotsent lavozimida X.M.Karimov ishlab kelmoqda.

        2004 yil sentyabr oyida kafedra mudiri etib t.f.d. professor  M.J.Azizov tayinlandi, professor U.S.Islombekov kafedra professori lavozimida ish faoliyatini davom ettirdi.

        Xozirgi kunda kafedra qo‘yidagi o‘qituvchi-professorlardan tarkib topgan: kafedra mudiri- tibbiyot fanlari doktori, professor M.J.Azizov,   kafedra dotsenti X.M.Karimov, assistentlar tibbiyot fanlari nomzodi A.R.Xoshimov, R.K.Qobilovlar, Raximov N.N.

         1946 yildan boshlab bugungi kungacha kafedraning asosiy klinik bazasi Uz.SSV qoshidagi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti  bo‘lib kelmoqda.

        Oxirgi 5 yil davomida kafedra 55 statsionar va 5 ta sayyor tsikl o‘tkazildi. Bunda 700 dan ziyod kursant-vrachlar o‘qitib tayyorlandi. Kafedra oxirgi 5 yil davomida quyidagi mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. « Tayanch-xarakat sistemasining tug‘ma va orttirilgan kasalliklarini ambulator hamda statsionar davolashni takomillashtirish». Ilmiy izlanishlar travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti bo‘limlari bilan xamkorlikda olib borilmoqda.

         Travmatologiya va ortopediya kafedrasi tashkil topgandan beri kafedra xodimlari tomonidan 5 ta doktorlik, 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. 12 ta monografiya, 45 ta uslubiy qo‘llanma va 400 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 15 ta avtorlik guvohnomasi va 36 ta ratsionalizatorlik takliflari qilingan.

     Kafedra erishgan yutuklar: kafedra xodimlari tomonidan  Respublika Sog‘liqni saqlash amaliyotiga soxadagi diagnostika va davolashda erishilgan so‘nggi yutuqlar tadbiq etildi. Xususan, yirik bo‘g‘imlarda endoprotezlash,tizza va yelka bo‘g‘imi jaroxatlari va kasalliklarini artroskopik diagnostika va davolash,uzun naysimon suyaklar siniklarida zamonaviy osteosintez usullari (bloklovchi intramedullyar osteosintez), umurtqa pog‘onasi nostabil siniqlarida transpedikulyar sterjenli fiksatsiya. Kafedra Respublikada soxa buyicha o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konfrentsiya va sʻezdlarning asosisy tashkilotchilaridan bo‘lib, unda travmatologiya va ortopediya soxasidagi erishilgan zamonaviy yutuqlar maʻruza kilinadi.


Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
Karimov Xotam Maxkamovich
Tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  232 – 00-02
E-mail:   Trav-ort@rambler.ru


Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
Xoshimov Abdurasul Rashidovich
Tibbiyot fanlar nomzodi, assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  232 – 00-02 &&  +998 90 991 41 49
E-mail:  Trav-ort@rambler.ru


Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
Kobilov Rustam Kozimovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  232 – 0002  &&  +998 90 952 66 18
E-mail:   Trav-ort@rambler.ru


Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
Raximov Nodirjon Nurmatovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   232 – 00-02 && +998 90 174 07 14
E-mail:


Travmatologiya va ortopediya kafedrasi:
 Xolmatov Botir O’tkir o’gli
kafedra.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   232-00-02 &&   +998 90 955-54-55
E-mail:   Botirboy955@gmail.com


Kafedra manzili – Toshkent sh.

Yashnobod tumani. Maxtumkuli 78.

Uzbekiston Respublikasi ,TOITI,  

ind. – 100047